So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Ikrom Aliboev: "Angliyada murabbiy imzosi ko'rinmayapti, Ispaniyadan chempionlikni kutmoqdaman" Yangiliklar

Ikrom Aliboev: "Angliyada murabbiy imzosi ko'rinmayapti, Ispaniyadan chempionlikni kutmoqdaman"

O'zbekistonlik yarim himoyachi Ikrom Aliboev Evropa chempionatida jamoalarning o'yinlari va kutilmagan natijalarga o'z munosabatini bildirdi.

- Evropa chempionati startidagi natijalar qanday taassurot qoldirdi?

- Unchalik ham xayratga solgani yo'q. Grandlar o'z o'yinlarini yutishdi, xolos. 

- Angliya, Franciya, Italiya ilk turda kichik hisoblarda g'alaba qozondi. Yuqori maqsad qo'ygan jamoalar uchun bu oddiy holatmi?

- Bu katta turnir. SHunday ekan g'alabaning katta yoki kichigi bo'lmaydi. O'yin borasida Franciya Italiya va Angliyadan yaxshiroq ko'rindi. Tarkib Angliyada eng zo'rlaridan biri. Lekin o'yini sustroq. Murabbiy imzosi ko'rinmayapti. Menimcha, Sautgeyt uchun bu oxirgi musobaqa. Italiya qanday tarkibda bo'lmasin doim grandlar qatorida bo'lgan va shunday kichik hisoblar bilan finallarga chiqqan. 

- Qaysi terma jamoaga muxlislik qilyapsiz va qanday natija kutyapsiz?

- Ispaniya va albatta chempionlik. 

- Xorvatiya, Belgiyaning natijalari qanchalik kutilgan yoki kutilmagan bo'ldi?

- Xorvatiyaning mag'lubiyatini tushunish mumkin. Ular bo'lajak chempionlarga engildi. Belgiya biroz ajablantirdi va o'z darajasida o'ynamadi. Balki bosqichma-bosqich kuchayib borar. Evropa chempionatida hozircha eng yaxshi jamoa Germaniya bo'lib turibdi. Germaniya, Ispaniya va Franciyadan bittasi aniq finalda ishtirok etsa kerak. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика