"Ikkinchi yoshligini" o'tkazayotgan Krishtianu Ronaldu haqida
04 fev 11:29
Yangiliklar


"Ikkinchi yoshligini" o'tkazayotgan Krishtianu Ronaldu haqida
Ertaga, 40 yoshni qarshilaydigan portugaliyalik futbolchi samaradorligi bo'yicha hayratga solishda davom etmoqda.
To'g'ri, u nisbatan kuchsizroq chempionatda to'p tepmoqda, ammo uning yoshida bunday ko'rsatkichlarga ko'pchliik yulduzlar ham havas qilsa arziydi.
Jumladan, Krishtianu Ronaldu kuni-kecha Elit Osiyo CHempionlar Ligasi doirasida "Al Vasl" bilan bahsda dubl qayd etdi.
"Al Nassr" safidagi oxirgi 11 o'yinlik oraliqni oladigan bo'lsak, Ron 15 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Oxirgi marta bu kabi seriyalarni Krishtianu "Real" safida, faoliyatining eng gullagan pallasida qayd etgani yodingizda bo'lsa kerak.
Ronaldu: "Kilianning o'rnida bo'lganimda, Krishtianudek o'ynagan bo'lardim"
O’xshash yangiliklar

Fikrlar