So’nggi yangiliklar

20:35Криштиану Роналду ўғлининг Португалия терма жамоасига чақирилганига муносабат билдирди  0 20:10​"Астон Вилла" Мартинес кетса, "Реал" дарвозабонини олиб келмоқчи  0 19:47МЮ сербиялик дарвозабонга қизиқиб қолди  0 19:26Про лига. "Олимпик-MobiUz" Нукусда кичик ғалабага эришди  0 19:05"Реал" скаутлари "Арсенал" – "Борнмут" ўйинида бўлди  3 18:388 ўйинда 8 хато. Суперлиганинг 8-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  10 18:14МЮ Рэшфордни сотишга тайёр. Клуб ўз тарбияланувчисини қанчага баҳоламоқда?  3 17:47Ўзга олам вакиллари  4 17:15"Футбол олами". Сенсацияларга ва истеъфоларга бой бўлган 8-тур ҳақида батафсил  0 17:04Шўрпахтажон  9 16:55"Реал" Мбаппе ўрнига янги ҳужумчи топди  6 16:10Осиё Кубоги. Ўзбекистон аёллар футзал терма жамоаси илк турда Хитой Тайпейидан йирик ҳисобда енгилди  5 15:45"Барселона"нинг 4000 дан ортиқ мухлиси Миланга боради  3 15:17Тони Кроос Педрини ўз позициясида энг кучли футболчи деб билади  6 14:50Биринчи учрашувни шоуга айлантирган жамоалар тўқнашуви: Финал чиптаси ўйналадиган "Интер" – "Барселона" ўйини учун превью  19

Ikkinchi o'yinda Iroq bilan durang o'ynadik Yangiliklar

Ikkinchi o'yinda Iroq bilan durang o'ynadik

28 dekabr kuni SHarja shahrida Iroq va O'zbekiston jamoalari o'rtasidagi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Bu jamoalar o'rtasidagi ilk uchrashuvda O'zbekiston 1:0 hisobida zafar quchgandi.

Ikkinchi bahsda ham jamoamiz penaltidan gol urishi mumkin edi. 20-daqiqada SHuhrat Muhammadiev jarima maydoni ichida yiqitilgani uchun bosh hakam iroqliklar darvozasiga penalti belgiladi. Server Jeparov dastlabki urinishda gol urdi. Biroq hakam zarbani qaytadan tepish kerakligini ko'rsatdi. Takroriy zarbadan so'ng to'pni darvozabon qaytardi.

25-daqiqada Jeparovning burchakdan uzatib bergan to'pini Odil Ahmedov to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi, to'p darvozaning yonidan o'tib ketdi.

32-daqiqada Amjad Halaf to'pni orqaroqda turgan Yunus Mahmudga oshirdi. Tajribali hujumchining 17 metrlardan yo'llagan zarbasi juda xavfli lekin noaniq chiqdi.

37-daqiqada Ahmad Yasin tomonidan yo'llangan aniq va kuchli zarbani Nesterov mushtlari bilan qaytardi. Bo'lim so'nggida Osama Jabbor jarima maydonimizga kirib kelib zarba berdi, to'p himoyachimizga tegib maydonni tark etdi.

Birinchi bo'limda hisob ochilmadi. 52-daqiqada Odil Ahmedov raqib jarima maydoniga yorib kirib chap oyog'i bilan zarba berdi, bu safar ham iroqlik darvozabon Jalol Hassan o'zini ko'rsatdi.

O'yin tugashiga 10 daqiqa qolganida Sanjar Tursunov chap qanotda to'pni qabul qilib markazroqqa o'tib o'ng oyog'i bilan darvoza tomon kuchli zarba berdi, to'pni iroqlik posbon qaytardi. 88-daqiqada Aziz Haydarovning zarbasidan keyin ham to'pni Jalol Hassan qaytarishga erishib o'yinning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'ldi.

SHu tariqa, O'zbekiston milliy terma jamoasining Dubaydagi ikkinchi yig'ini ham yakunlandi. Terma jamoa 29 dekabr kuni Toshkentga qaytib keladi.

O'zbekiston - Iroq 0:0
28 dekabr 2014 yil. SHarja. "Holid bin Muhammad" stadioni
Bosh hakam:
Muhammad Al Zaruni (BAA)
Amalga oshirilmagan penalti: Server Jeparov 21 (darvozabon)
Iroq: 12.Jalol Hassan, 2.Ahmad Ibrohim, 9.Ahmad Yasin (11.Humam Tariq, 61), 10.Yunus Mahmud (25.Marvan Husin, 66), 14.Salom SHokir, 15.Durgam Ismoil, 18.Mahdi Karim (6.Samih Said, 69), 19.Mahdi Kamil, 21.Saad Abdul Amir, 24.Amjad Halaf (16.Jastun Hekmat, 72), 26.Osama Jabbor.

O'zbekiston: 12.Ignatiy Nesterov, 19.Vitaliy Denisov (22.Farruh Sayfiev, 75), 5.Anzur Ismoilov, 3.SHavkat Mullajonov (20.Islom To'xtaxo'jaev, 60), 28.SHuhrat Muhammadiev, 7.Azizbek Haydarov, 18.Timur Kapadze (10.Jamshid Iskanderov, 75), 9.Odil Ahmedov (13.Lutfulla To'raev, 60), 8.Server Jeparov (17.Sanjar Tursunov, 60), 14.Sardor Rashidov, 15.Vohid SHodiev (11.Navro'zbek Alimov, 79).
Zaxira: 13.Akbar To'raev, 1.Eldorbek Suyunov, 2.Egor Krimec, 23.Akmal SHorahmedov, 6.Jasur Hasanov, 16.Bahodir Nasimov.

Ogohlantirishlar: Aziz Haydarov 59, Lutfulla To'raev 62, Samih Said 78.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика