So’nggi yangiliklar

18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  0 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  1 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  8 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  2 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  0 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  11 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  29 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  3 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  32 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  7 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  6

Ikkinchi liga. “Yashnobod” yirik hisobda zafar quchdi Yangiliklar

Ikkinchi liga. “Yashnobod” yirik hisobda zafar quchdi

Futbol bo'yicha Toshkent shahar chempionati ikkinchi ligasi “B” guruhida ishtirok etayotgan “Yashnobod” jamoasi ikkinchi turda Sergeli tumanining LSF futbolchilari mehmoni bo'ldi.

Uchrashuv to'liq yashnobodliklar tashabbusi ostida o'tdi. Aziz Fayziev rahbarlik qilayotgan “Yashnobod” futbol klubi azolari raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi — 0:6.

O'yinning 5-daqiqasida dastlab Timur Vasilevning to'p uzatishidan so'ng, Azamat Boymatov hisobni ochdi. Oradan besh daqiqa o'tgach, Timurning o'zi hisobni 0:2 ko'rinishiga keltirdi.

Uchrashuvning 33-daqiqasida mezbonlar darvozaboni qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Bundan unumli foydalangan Soyibjon Safarov hisobni yirik ko'rinishga keltirdi. Tanaffusdan so'ng, har ikki jamoa murabbiylari tarkiblarda o'zgarishlarni amalga oshirishdi. Bu o'zgarishlar mehmonlar o'yinini yanada kuchaytirdi. Natijada yashnobodliklarning yosh va umidli futbolchisi Mirjalol Mirzaev o'z “dubl”ini nishonlagan bo'lsa, Avazjon Suyundikov yakuniy hisobni 0:6 ko'rinishiga keltirdi.



HAKAMLAR HUJJATIDAN KO'CHIRMA:
Ikkinchi liga. “B” guruhi. 2-tur
2018 yil 24 aprel (seshanba)
LSF — «Yashnobod» — 0:6 (0:3).
Hakamlar:
Rustam Lutfulin, Server Eremeev, Jahongir Musaev.
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev.
LSF: Baxtiyor Xudoyorov, Eldor Norboev, Suhrob Rahmonov, Sarvar Eshpo'latov, Baxtiyor Abduraimov (s), Bekzod Burxonov, Davron Anvarov, SHaxboz Erkinov, Azamat Yunusov, Sarvar Abdullaev, Azamat Tursunov.
Zaxiradagilar: SHaxboz Abdulazizov, Umid Mavlonov, Mirjalol Abduvohidov, Hasan Asadov, Otabek Turopov, Abdurahim Hamzaev.
“YASHNOBOD”: Bobur Haydarov, Azamat Boymatov, Abbos Saidkarimov, Firdavs Kenjaev, Yusuf Aliev, Islom Ismoilov, SHokir Beknazarov, Soyibjon Safarov, Timur Vasilev (s), Tohir Isroilov, Mirjalol Mirzaev.
Zaxiradagilar: Axrorjon Azamatov, Avazjon Suyundikov, Bahodir Daminov, Aziz To'xtamatov, Rasul SHuhratov, SHerzod Xudoyorov, Javlon Primbetov.
Gollar: Azamat Boymatov (5), Timur Vasilev (10), Soyibjon Safarov (33), Mirjalol Mirzaev (61, 73), Avazjon Suyundikov (80).

Mazkur g'alabadan so'ng, “Yashnobod” futbolchilari o'z hisobidagi ochkolar sonini 6 taga etkazib, guruh peshqadami bo'lib olishdi.

Taqvimga ko'ra, yashnobodliklar navbatdagi uchrashuvni 1 may, seshanba kuni o'tkazadi. O'yin Yashnobod tumanidagi “Obod” suniy qoplamali stadionida bo'lib o'tadi. Unda “Yashnobod” vakillari Mirzo Ulug'bek tumanining “Avtomobilist” jamoasiga qarshi to'p surishadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика