Ikkinchi liga: “Yashnobod” mashg'ulotlariga Timur Vasilev qo'shildi
08 apr 2018 15:38
Yangiliklar
Ikkinchi liga: “Yashnobod” mashg'ulotlariga Timur Vasilev qo'shildi
Unda yashnobodliklar Yakkasaroy tumanining “KO’ZTEX” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Poytaxtimizda sobiq “To'qimachi” stadionida kechgan bahsda “Yashnobod” jamoasi murabbiylar shtabi ikki bo'limda ikki xil tarkibni ko'rikdan o'tkazishdi. SHu kuni “Yashnobod” futbol klubi mashg'ulotlariga o'z vaqtida “Qizilqum”, “Andijon”, “Obod” jamoalari sharafini himoya qilgan futbolchi Timur Vasilev kelib qo'shildi.
Malumot o'rnida aytish kerakki, mazkur o'rtoqlik uchrashuvida “KO’ZTEX” jamoasi murabbiylari tarkibda bir necha nigeriyalik futbolchilarning xatti-harakatlarini ko'zdan kechirishdi.
Qiziqarli va shiddatli kechgan uchrashuvda yakkasaroyliklar g'alaba qozondi — 0:2.
Eslatib o'tamiz, shu yilning 16 aprelida Toshkent shahar chempionati ikkinchi liga uchrashuvlari boshlanadi. “Yashnobod” futbolchilari ilk uchrashuvni 17 aprelda mehmonda “Akademiya” jamoasiga qarshi o'tkazadi.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar