Ikkinchi liga. “Yashnobod” futbolchilari mavsumga jiddiy tayyorlanishmoqda
03 apr 2018 17:07
Yangiliklar
Ikkinchi liga. “Yashnobod” futbolchilari mavsumga jiddiy tayyorlanishmoqda
Bu yilgi mavsumda “Yashnobod” futbol klubi azolari ham bahslarda ishtirok etishni rejalashtirishgan.
Ayni paytda Yashnobod tuman hokimligi va xomiylar jamoa azolarining musobaqaga puxta hozirlik ko'rishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berishmoqda. Aziz Fayziev boshchiligida kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar olib borayotgan yashnobodliklar o'rtoqlik uchrashuvlari orqali futbolchilarni ko'rikdan o'tkazishyapti.
Kuni kecha “Yashnobod” jamoasi poytaxtning SHayxontohur tumani “Olimpik” futbolchilari bilan kuch sinashdi. O'zbekiston futbol associaciyasi suniy qoplamali maydonida kechgan mazkur bahsda yashnobodliklar 6:1 hisobida g'alaba qozondi.
Malumot uchun, bu yilgi mavsumda “Yashnobod” futbolchilari uy uchrashuvlarini “Obod” suniy qoplamali stadionida o'tkazishadi. Hozirda tuman hokimligi tomonidan kelgusida Tuzel mavzesida barpo etiladigan zamonaviy stadionni loyihalash ishlari boshlab yuborilgan.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar