So’nggi yangiliklar

08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  0 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  3 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  0 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  8 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  28 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  30 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0

Ikkinchi davrada bittadan yutgan jamoalar o'zaro bahsida kim g'olib bo'ladi? Yangiliklar

Ikkinchi davrada bittadan yutgan jamoalar o'zaro bahsida kim g'olib bo'ladi?

Bugun oliy liganing 26-tur doirasida "Neftchi" - "Qizilqum" bahsi bo'lib o'tadi. "Obod"ga qarshi o'tkazilmagan, ammo texnik g'alaba yozilgan o'yinni hisobga olmaganda, ikkala jamoa ham ikkinchi davrada hozircha bittadan yutuqqa erishdi.

16:30 - “Neftchi” (Farg'ona) – “Qizilqum” (Navoiy)

Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), B. Yulcharaev (Guliston).

Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).

PFL vakili: V. SHtern. 

Mashhur hakamimiz Avstraliya va Suriya o'rtasidagi uchrashuv paytida olgan jarohatini davolab yana maydonga qaytmoqda. Bugun Ravshan Ermatov Farg'onadagi bellashuvni boshqarib boradi. 

Bugun qiziqarli bahs kechishi kutilmoqda, bunga sabab ikkala jamoaga ham g'alaba nihoyatda zarur. Qolaversa, rosmana o'yinlarda ikkala jamoa ham bittadan g'alabaga erishdi. Yaxshisi, bu o'rinda "Obod"ga qarshi bahsdagi texnik g'alabani hisobga olmay turamiz. 

"Neftchi" ikkinchi davradagi yagona g'alabasini 23-turda "Olmaliq"ni 2:1 hisobida mag'lub etib qo'lga kiritgan. "Qizilqum" esa o'z maydonida "Qo'qon-1912"dan ustun kelgan. 

Turnir jadvalida "Neftchi" "Qizilqum"dan 10 ochkoga ortda qolmoqda. Navoiyliklar 30 ochko bilan 11-o'rinda borayotgan bo'lsa, "Neftchi" 20 ochko bilan 15-o'rinni egallab turibdi. Jamoalarda maqsadlar turlicha: "Qizilqum" o'nlikka kirish, "Neftchi" esa oliy ligada jon saqlab qolish uchun kurash olib bormoqda. Bugungi o'yindagi imkoniyatlar borasida ikkala jamoani ham teng deya olamiz. 

Bilasizmi? "Neftchi" shu paytgacha uydagi o'yinlarda faqat bir marta g'alaba qozongan. Jamoa 10-turda "Obod"ni zo'rg'a 1:0 hisobi bilan mag'lubiyatga uchratgan. 

"Qizilqum" ham nima uchundir ikkinchi davrada o'zini ko'rsata olmayapti. SHunday bo'ldiki, jamoaning mag'lubiyat va duranglardan boshi chiqmay qoldi. "Qizilqum" ikkinchi davrada safarda to'rtta o'yinda maydonga tushib, shundan bittasida durang ("So'g'diyona" bilan) qayd etdi va uch bor ("Navbahor", "Buxoro" va "Nasaf" klublariga) mag'lub bo'ldi.

Bilasizmi? "Qizilqum" mavsum boshidan beri safar o'yinlarida hozircha ikki bor g'alaba qozonishning uddasidan chiqqan. Ikkita g'alaba ham birinchi davrada qayd etilgan bo'lib, jamoa Toshkentda "Bunyodkor"ni va Samarqandda "Dinamo"ni mag'lub eta olgan.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика