So’nggi yangiliklar

10:30Жанубий Кореяни уйига жўнатган Индонезия ОТЖ ким бошқараётганини биласизми? (Мутолаа учун)   1 10:13«Манчестер Юнайтед» ходимлардан пул тежашни яна бир йўлини топди  2 09:46«Фейеноорд» устози «Ливерпул»нинг қизиқиши ҳақида фикр билдирди  0 09:19Хави «Барселона»да қолиши маълум бўлганидан сўнг нималар деди?  4 08:54«Кальяри» Шомуродовни олиб қолмоқчи. «Рома» эса терма жамоамиз сардорига нарх белгилади  9 08:30Анчелотти «Олтин тўп»га ким лойиқлиги ҳақида фикр билдирди  19 08:04Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур якунланади ва 3-тур бошланади  3 07:38Футзал. Бугун Эронга қарши финал йўлланмаси учун баҳс олиб борамиз  5 07:15U-23 Осиё кубоги. Қатар - Япония 2:4  0 07:12Реванш олиш вақти келди. Бугун Ўзбекистон ОТЖ Саудия Арабистонига қарши майдонга тушади  34 07:10U-23 Осиё кубоги. Жанубий Корея - Индонезия 2:2 (пенальтилар 10:11)  3 07:05Серия А. "Удинезе" - "Рома" 1:2  0 07:00АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 0:4  0 04:48Интервью. Исломбек Исмоилов: "Мураббийнинг ҳаёти ўйиндан-ўйингача"  1 01:56U-23 Осиё кубоги. Даҳшат! Индонезия Жанубий Кореяни енгиб, ярим финалга йўл олди. Жамоалар 12 тадан пенальти тепишди  51

Ikkinchi davra boshlanmoqda: A Seriya 20-tur prevyusi Yangiliklar

Ikkinchi davra boshlanmoqda: A Seriya 20-tur prevyusi

Bugun Italiya chempionatida ikkinchi davra bahslari start oladi.

"Kremoneze" - "Inter"

"Kremoneze" ustozi Davide Balardini bu bahsda diskvalificiya sabab Pikal xizmatlaridan foydalana olmaydi. SHuningdek, Asella va Radu ham o'yinda ishtirok etmaydi. Biroq Benassining jarohati jiddiy bo'lib chiqmadi, shu sabab markazda aynan uni ko'rsak ajabmas. 

"Inter"da Brozovich safga qaytishga yaqin, lekin hali tarkibga kiritilmaydi. Barella esa diskvalifikaciya tufayli o'ynamaydi. SHunday ekan, Inzagi markaz borasida bosh qotirishga majbur. Katta ehtimol bilan uning o'rnini Galyardini egallaydi. Himoya markazida chetlatilgan SHkrinyar o'rniga Acherbini ko'ramiz. Hujumga esa Jeko qaytadi.

Birinchi davra uchrashuvida "Inter" 3-1 hisobidagi oson g'alabani qo'lga kiritgan. Hozir jamoa yana favorit. "Inter" o'ziga kelishi va muvaffaqiyatli seriya ko'rsatish vaqti kelgandek. Raqobatchilarning qoqilishlari bo'lmaganida, "qora-ko'klar" CHempionlar Ligasi zonasidan chiqib ketgan bo'lardi. Biroq bu bahsda milanliklar uch ochko olishlari kerak.


"Atalanta" - "Sampdoriya"

Gasperini uchun Kopmeynarsning diskvalifikaciyadan qaytgani ajoyib yangilik bo'lsa, Palominoning jarohati himoya markazida muammolarni yuzaga keltiradi. Toloi ham asosiy tarkibga qaytsa ajab emas. Hujumda esa syurprizlar bo'lmaydi. Lukman-Xoylund  juftligi yaxshi ishlamoqda. 

Kolli ham bu bellashuvda jamoasiga yordam bera olmaydi. Stankovich ham jamoasi himoya markazi haqida o'ylashga majbur. SHuningdek, De Luka va Konti ham jarohatlangan. Genueliklar safida Lammers ajralib turibdi va transfer huquqi tegishli jamoaga qarshi bahsda ikki barobar ishtiyoq bilan harakat qilishi aniq. Bunda unga Gabbyadini yordamlashadi.

"Atalanta" birinchi davra doirasidagi to'qnashuvda 2-0 hisobida zafar quchgan. Bo'lajak bahs oldidan ham aynan bergamoliklarga yaqqol favorit sifatida qaralmoqda. Jamoa ancha yaxshi sport formasida va to'xtash niyatida bo'lmasa kerak. Ayniqsa jamoaning hujum chizig'i aqlbovar qilmas darajada o'yin ko'rsatib, oxirgi 3 o'yinda 16 ta gol urgan. "Sampdoriya" himoyasiga oson bo'lmasligi aniq.


"Milan" - "Sassuolo"

"Milan" qiyin davrni boshdan o'tkazmoqda, qo'shimchasiga ko'plab yo'qotishlar jamoani qiyin vaziyatga solib qo'ymoqda. Ernandes va Kalabriya tiklanib ulgurishi so'roq ostida, Florenci, Ballo-Ture, Tomori va Menyan esa bu bahsda "rossoneri"ga yordam berolmasligi aniq. Diskvalifikaciya sabab Pioli shogirdi Benasser xizmatidan ham foydalana olmaydi, uning o'rnini Pobega egallaydi. Hujumda Leao-Jiru juftligini ko'rishimiz deyarli aniq. 

"Sassuolo" uchun navbatdagi noxush xabar Konsilyaning jarohati bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi, shu sabab darvozada Pegologa imkoniyat beriladi. SHuningdek, Pinamontining ham bu bellashuvda maydonga tushishi so'roq ostida turibdi. Hujumda uning yo'qligini Alvares bildirmaslikka harakat qiladi. 

So'nggi bor ushbu jamoalar ro'baro kelganida zerikarli bahsda hisob ochilmagandi. Jamoalarning hozirgi holati, muammolarini inobatga olsak, unday holat yana takrorlanishi qiyin masala. Har ikki kollektiv u qadar yaxshi sport formasida emas va bu bahsga aksincha, gollar ko'p bo'lishini taminlashi hech gap emas. Albatta, ustunlik "Milan" tomondadek, biroq "rossoneri"ga oson bo'lmasligi aniq. "Sassuolo" har qanday holatda ham grandlarga bosh og'riq bo'la oladigan klublardan.


"Yuventus" - "Monca"

Allegri hujumda katta ehtimol bilan Di Mariya, Milik va Keza uchligini jangga tashlasa kerak. Vlaxovich, Pogba va Bonuchchi o'ynashga tayyor, ammo ular tushsa ham, faqatgina zaxiradan o'yinni kuchaytirishga urinib ko'rishadi. Maydon markazi Lokatelli va Paredesga topshiriladi. 

Rafael Palladino esa avvalgi bahs bilan solishtirganda jiddiy o'zgarishlar qilmasa kerak. Biroq Dani Mota "Sassuolo"ga qarshi bellashuvda shu qadar zo'r o'yin ko'rsatdiki, asosiy tarkibda Petanoning o'rnini egallashi mumkin. 

"Monca" tarkibida jarohatlangan futbolchilar yo'q. 

Jamoalar Italiya Kubogida ro'baro kelganiga ko'p bo'lmadi, "Yuventus" 2-1 hisobida ustun kelgan. "Keksa sinora" bu safar ham favorit. 15 ochko olib tashalanganidan keyin CHempionlar Ligasi yo'llanmasi uchun kurashish oson bo'lmaydi, ammo "byankoneri" taslim bo'lmoqchi emas. Demak, har bir ochko oltinga teng.


"Napoli" - "Roma" 

Xvicha Kvaracxeliya cheklovlarsiz mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda va asosiy tarkibga qaytishga tayyor. Spalletti qaydnomadagi barcha salomatligidan mamnun bo'lsa arziydi. Hujum uchligida uchinchi kim bo'lishi qiziq. Katta ehtimol, bu safar Politanoga imkoniyat berilsa ajabmas. "Bo'rilar" tarbiyalanuvchisi bo'lgan Matteo uchun "Roma"ga qarshi bahslar doim o'zgacha o'rin tutgan. CHelik diskvalificiya qilingan, shunday ekan Mourino chap qanotga Spinnacollani tushiradi. Boshqa chiziqlarda kutilmagan qarorlarni ko'rmasak kerak. 

Birinchi davrada "Napoli" Rimda 1-0 hisobida zafar quchgan. Hozir Luchano Spalletti jamoasi yaxshi kayfiyatda, titul tomon "uchib ketmoqda". Albatta, "Napoli" favorit sifatida maydonga tushadi, "Roma"ga esa pas baho berib bo'lmaydi. 2023 yil jamoa hali mag'lubiyatga uchramadi va chindan xavfli klub bo'lib turibdi.


Sergey Rumyancev 

Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика