So’nggi yangiliklar

11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  4 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   3 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  14 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  5 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  9 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  6

Ikki yildan beri o'z maydonida o'ynamayotgan "Nurafshon" qanday qilib OFK licenziyasini oldi? Yangiliklar

Ikki yildan beri o'z maydonida o'ynamayotgan "Nurafshon" qanday qilib OFK licenziyasini oldi?

Teglar :  Nurafshon
Yaqinda saytimiz orqali OFK licenziyasini olgan O'zbekiston klublari haqida malum qildik.

2022 yil uchun O'zbekistondan 12 ta klub OCHL licenziyasini oldi

Superliga va Pro liga jami 22ta jamoadan 12ta klub OFK licenziyasiga ega bo'ldi. So'nggi yillarda muammoga duch kelayotgan "Nasaf" bu safar licenziyalash ishlarini bajardi. "Nurafshon" ("Buxoro")ning qanday qilib licenziyaga ega chiqqani ko'pchilikni o'ylantirib qo'ydi. Jamoa ikki yildan beri o'z maydonidan foydalana olayotgani yo'q-ku, degan mazmundagi savollarga javob berib o'tishni lozim, deb bildim. 

2021 yil klublarni licenziyalash reglamentiga yuzlanamiz. 

14-bob. Infratuzilma mezoni 

1. Licenziya talabgori O'zPFL hamda OFK musobaqalari doirasidagi uy

uchrashuvlarini o'tkazish uchun stadionga ega bo'lishi zarur. Licenziya talabgori:

a) o'z stadioniga ega bo'lishi lozim; yoki

b)stadion egasi bilan undan foydalanish bo'yicha shartnomaga ega bo'lishlari

zarur. Ushbu shartnoma kelgusi mavsumda ham Licenziya talabgorining

stadiondan foydalanishini kafolatlashi zarur.

2. Stadion quyidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga javob berishi

lozim:

a) Stadionlar to'g'risidagi Nizom;

b) Musobaqalar Reglamenti.

3. Stadion mavsum oldidan O'zPFL tomonidan belgilangan tartibda

tasdiqlanishi va Licenziya talabgori sharafini himoya qiluvchi shaharda joylashgan

bo'lishi lozim.

Birinchidan, "Nurafshon" ("Buxoro") o'z stadioniga ega. Lekin maydon holati talabga javob bermagani uchun undan foydalana olayotgani yo'q. Reglamentda esa maydon holati bilan bog'liq band kiritilmagan. 

Ikkinchidan, stadion Buxoro shahrida joylashgan. O'tgan mavsum esa Muborakda "Mashal" maydonidan foydalangandi (klub 2021 yil uchun licenziya olmagan). Stadion yoritgichlari hozirda 1500 lyuksni tashkil qiladi. Media tribuna, kiyinish xonalari bor.  Faqatgina maydon sifatini yaxshilamoqda, xolos.

Aytib o'tish joiz o'tgan yili 2021 yilgi OCHL uchun 7ta klubimiz ("Paxtakor", "Lokomotiv", "Bunyodkor", "Navbahor", "Metallurg", AGMK, "So'g'diyona") OFK kubogi uchun 1ta klubga ("Nasaf") licenziya berilgan edi.

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика