Ikki oydan beri murabbiysiz o'ynayotgan "Aral Samali" haqida
09 may 2022 07:39
Yangiliklar
Ikki oydan beri murabbiysiz o'ynayotgan "Aral Samali" haqida
Klub joriy yilda xususiy sektorga o'tgan. Jamoada ikki oydirki bosh murabbiy yo'q. Timur Turdiev dastlab Pro licenziyasi bilan bog'liq amaliyotda deyildi. Keyin yana boshqa sabablar. Hattoki klubda yordamchi murabbiyning yo'qligi ajablanarli. Matbuot anjumanlarida vakil sifatida esa Islambek Seytnazarov qatnashmoqda. Qaydnomada lavozimi licenziyalash menejeri, deb keltirilgan. Umuman murabbiy degan yozuvga ko'zim tushmadi. Bosh direktor, licenziyalash menejeri, shifokor, mamur. 4-turda "Andijon" bilan safar o'yiniga jamoa shifokorsiz borganini ham guvohi bo'ldik
So'nggi o'yindagi matbuot anjumanida Seytnazarov birinchi davra yakuniga qadar chidab turilishini aytdi. Bilishimga qaraganda klubda maoshlar borasida ham muammolar bor. Vaziyatni kuzatamiz...
Birinchi ligada ishtirok etayotgan Nematulla Qutiboev ustozligidagi "Aral"ning ishlari yomonga o'xshamaydi. 12 ochko bilan 3 o'rinda ketmoqda. Klub esa byudjetga qarashli.
Abdulaziz Iskandarov
Fikrlar