Ikki o'yindagi raqibimiz - Ummon
27 may 2014 12:04
Yangiliklar
Ikki o'yindagi raqibimiz - Ummon
Milliy terma jamoamiz 27 va 29 may kunlari Olmaliq hamda Toshkentda Ummon termasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.
Anchadan buyon yurtimizda o'rtoqlik bellashuvlari o'tkazilmagandi. Endi ishqibozlar birato'la ikki shaharda termamiz o'yinidan bahra bo'lish imkoniyatini qo'lga kiritishadi. Qolaversa, keyingi yil Avstraliyada bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi oldidan tayyorgarlik uchun bu bahslar katta ahamiyatga ega.
UMMON FUTBOL ASSOCIACIYASI
Tashkil topgan vaqti: 1978 yil
FIFA azosi: 1980 yildan
Rasmiy sayti: www.ofa.om
Prezidenti: Sayyid Holid Al Busaydi
Futbolchilar bilan shug'ullanuvchilar soni: 57610
Ro'yxatdan o'tgan futbolchilar soni: 8610
Klublari soni: 43
Futbol rasmiylari soni: 605
Ummon milliy terma jamoasi 1978 yildan boshlab rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etishni boshlagan. Bungacha jamoa norasmiy bellashuvlarda qatnashgan. Mamlakat futbol associaciyasi 1980 yilga kelib FIFAga azo bo'lgan. Osiyo Kubogi final bosqichida ikki bor ishtirok etgan. Arab mamlakatlari terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadigan “Ko'rfaz Kubogi”da uch bor finalga chiqishgan, bir marta g'olibga aylanishgan. Boshqa aytarli yutuqlarga erishilmagan.
Ummon saltanati tarixiga qisqacha to'xtaladigan bo'lsak, mamlakat uzoq davrlik tarixga ega. Arab xalifaligi tarkibiga kirgan davlat keyinchalik Portugaliya va Buyuk Britaniya qaramog'ida bo'lgan. 309 ming kvadrat kilometr hududga ega Ummonda 4 milliondan ortiqroq aholi istiqomat qiladi.
UMMON SALTANATI
Poytaxti: Maskat
Hududi: 309501 kv.km.
Aholisi: 4 million
Pul birligi: rial
Futbolga etibor to'g'risida yozsak, mahalliy klublar unchalik kuchli emas. Yaxshi saviyadagi o'yinchilar asosan BAA, Qatar, Quvayt yoki Saudiya Arabistoni chempionatlarida faoliyat ko'rsatib qaytishadi. Futbol klublari soni 43tani tashkil qiladi. Ummonda klublar milliy chempionat va Sulton Qobus Kubogida ishtirok etishadi. Oliy divizionda 14 jamoa qatnashadi. Ular ikki davrali tizimda bahs olib borishadi. CHempionat 1976 yildan o'tkazila boshlangan. CHempionat va kubokda omadli qatnashgan jamoalar OFK Kubogida ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritishadi. Eng ko'p chempionlikka “Dofar” klubi erishgan. Bu jamoa hisobida 9ta chempionlik bor. Yakunlangan mavsumda “Al Nahda” oltin medallarga erishdi. “Fanja” ikkinchi, “Suvayq” esa uchinchi pog'ona egasiga aylandi.
Joriy yil ummonliklar Finlyandiya bilan o'rtoqlik bahsida, Iordaniya va Singapur bilan Osiyo Kubogi saralash bellashuvlarida maydonga tushishdi. Sentyabr oyida Irlandiya bilan Dublinda o'yin o'tkazishga kelishib olingan.
UMMON MILLIY TERMA JAMOASI
Laqabi: “qizil jangchilar”
Bosh murabbiyi: Pol Lu Guen (Franciya)
Stadioni: “Sulton Qobus”
FIFA reytingidagi o'rni: 80
Eng yuqori o'rni: 50 (avgust, 2004)
Eng quyi o'rni: 117 (iyul, 2003)
Rasmiy eng yirik g'alabasi: Laos – 12:0 (Muskat, Ummon, 2001 yil 30 aprel)
Eng yirik mag'lubiyati: Liviya – 0:21 (Bag'dod, Iroq, 1966 yil 1 aprel)
Erishgan yutug'i: “Ko'rfaz Kubogi” chempioni-2009.
24 yanvar Ummon – Finlyandiya – 0:0
31 yanvar Ummon – Iordaniya – 0:0
5 mart Ummon – Singapur – 3:1 (Al Hosni 19, Maid 51, Al Hasani 69)
Terma jamoada uch nafar futbolchi boshqalardan ko'ra ko'proq muxlislarga ega. Bular – Al Al Habsi, Amad Al Hosni va Ahmad Muborak. Habsi yoshligida Maskat aeroportida o't o'chiruvchi bo'lib ishlaganini ko'pchilik bilmasa kerak. Keyinchalik Ali futbol bilan professional tarzda shug'ullanish zarurligini tushunib etgan. U Ummon saltanati nomini jahonga tanitishda katta o'rin tutdi. APL muxlislari bugungi kunda uning xizmatlari tufayli Ummon haqida etarlicha bilib olishgan. 33 yoshli darvozabon Ummon futbolining faxri hisoblanadi.”Al Nasr”dan Norvegiyaning “Lin Oslo” klubiga ko'chib o'tgan Habsi “Bolton” safiga borib qo'shilgan. 2010 yildan uni “Uigan” ijaraga oladi.
Aynan ushbu klub tarkibida darvozabonning mahorati ko'zga tashlandi. Hozirgacha Ali milliy termada 92 uchrashuvda maydonga tushib ulgurgan. 2013 yil Angliya Kubogida “Uigan” bilan zafar quchgan. Norvegiyada 2004 yilning eng yaxshi darvozaboni, “Uigan”da 2011 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. 2009 yil Ummon termasi Habsining mahorati evaziga saltanatda bo'lib o'tgan “Ko'rfaz Kubogi”da chempionlikka erishgan. Finalda Saudiya Arabistoni penaltilar seriyasida mag'lubiyatga uchratilgandi.
Amad Hosni esa hujumchi va u hozir 30 yoshda. Saudiya Arabistonining “Al Nasr” klubi safida to'p tepib kelmoqda. “Qatar SK”, “Al Rayyan”, “SHarlerua”, “Al Ahli” kabi jamoalar safida Qatar chempionligi va kubogi, Saudiya Arabistoni chempionati va kubogi musobaqalarida bosh sovrin sohibi bo'lgan. Milliy terma jamoaning asosiy to'purarlaridan biri sanaladi. Uning gollari ko'plab uchrashuvlarda muhim g'alabalarni olib kelgan.
Ahmad Muborak yarim himoyada harakat qiladi. U ham terma jamoa va mamlakat futbolida eng katta tasir kuchiga ega bo'lgan futbolchilardan biri. Faoliyatini Arab ko'rfazi klublarida to'p tepish bilan o'tkazib kelmoqda.
Ummon terma jamoasi tarkibi
Darvozabonlar
Ali Al Habsi
Fayz Al Rushaydi
Mazin Al Kasbi
Himoyachilar
Azan Al Balushi
Jaber Al Ovaysi
Muhammad Al SHeyba
Saad Suhayl
Ali Salim
Muhammad Maslami
Abdul Salom Muxayni
Hassan Mudhafar
Yarim himoyachilar
Ali Al Jabri
Raed Ibrohim
Eyd Al Farsi
Ahmad Muborak
Fahad Jalabubi
Muhammad Mashri
Juma Darvish
Saud Al Farsi
Hussayn Hadhri
Hujumchilar
Qosim Said
Sami Hasani
Yoqub Abdul Karim
Amad Al Hosni
Milliy terma jamoaga oxirgi yillarda xorijlik, so'nggi 6 yilda franciyalik murabbiylar ustozlik qilib kelmoqda. Ularning nomlari bilan tanishib oling.
Srechko Yurichich (Xorvatiya) 2005-2006
Hamad Azani 2006
Milan Machala (CHexiya) 2006-2007
Gabriel Kalderon (Argentina) 2007-2008
Xulio Sezar Ribas (Urugvay) 2008
Hamad Azani 2008
Klod Le Rua (Franciya) 2008-2010
Pol Le Guen (Franciya) 2011-...
Bosh murabbiy Le Guen 2011 yilning 27 iyun kunidan beri Ummonni boshqarib kelyapti. Futbolchilik faoliyatida “Brest”, “Nant” va PSJda o'ynagan Guen milliy terma jamaosi azosi sanalgan. Murabbiylik paytida “Renn”, “Lion”, “Glazgo Reynjers” va PSJni boshqargan. Lionliklar bilan uch bor Franciya chempioniga aylangan. O'sha paytlarda ancha kuchsiz bo'lgan PSJ bilan Franciya Liga Kubogini yutishga erishgan. Kamerun termasidagi ishidan keyin unga UFA taklif bilan chiqdi. Uning faoliyati hozircha ummonliklarga maqul kelmoqda. 52 uchrashuvning 19tasida zafar quchib, 20tasida durangga eishgan Guen shogirdlari 13 bahsda imkoniyatni boy berishgan. Jahon chempionati saralash bosqichida o'rtacha ishtirok etgan jamoa Osiyo Kubogiga yo'llanma sohibiga aylandi.
Pol LE GUEN
Tug'ilgan sanasi: 01.03.1964
Tug'ilgan joyi: Penkran, Franciya
Futbolchilikdagi ampluasi: himoyachi
O'ynagan klublari: 1983–1989 “Brest” 154 (6), 1989–1991 “Nant” 76 (1), 1991–1998 PSJ 248 (16).
Franciya milliy terma jamoasida 1993–1995 yillarda 17 o'yinda 1 to'p kiritgan.
Boshqargan jamoalari: 1998–2001 “Renn”, 2002–2005 “Lion”, 2006–2007 “Glazgo Reynjers”, 2007–2009 PSJ, 2009–2010 Kamerun terma jamoasi, 2011 yildan Ummon terma jamoasida.
Yutuqlari: Franciya chempioni (2002–2003, 2003–2004, 2004–2005), Franciya Liga Kubogi sohibi (2007–2008).
O'zbekiston va Ummon hozirgacha 3 marta to'qnash kelgan. Biz 5:0, raqib 4:2 va 2:0 hisoblarida zafar quchgan. Bugungi bellashuv Olmaliqdagi yangi stadionda soat 19:00da boshlanadi. 29 may, payshanba kungi uchrashuv esa “Jar” stadionida 19:00da start oladi. Barcha ishqibozlarni terma jamoamizni qo'llab turish uchun stadionga chorlab qolamiz.
Behzod NAZAROV tayyorladi.

Fikrlar