So’nggi yangiliklar

22:35Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди  0 22:15Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон ва Россиянинг 21 ёшгача бўлган жамоалари ўртасидаги ўйинда 9 та гол урилди  34 22:10Ўзбекистон кубоги. "Динамо" 1/8 финалнинг илк ўйинида "Лочин"ни тор-мор этди  8 21:43Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:34Аарон Ремзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 21:10Абдулла Абдуллаев: "Энди янада юқори мақсадлар қўйиб, мундиалда яхши натижалар қайд этишга ҳаракат қиламиз"  6 20:44Ўзбекистон U-16 назорат ўйинида Россия U-16га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  10 20:24Одил Ҳамробеков: "Нималар қилиб қўйганимизни тўлиқ ҳис қила олмаяпман"  13 20:00УЕФА Миллатлар лигаси. Франция учинчи ўрин учун баҳсда Германияни мағлубиятга учратди  26 19:54Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўртасидаги ўйин тақдирини ягона гол ҳал қилди  3 19:38"Реал" мухлислари учун хушхабар  0 18:28"Қора" ишчилар мукофотланмайдими?  14 18:03Мундиал йўлланмасини тақдим этган БАА — Ўзбекистон ўйинидан мухлислар ФОТОГАЛЕРЕЯси  1 17:38Бернарду Силва "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  0 16:25Тер Штеген "Барселона" матбуот босими орқали уни кетишга мажбур қилмоқчи деб ҳисобламоқда, аммо...  10

Ikki og'iz "Ronaldu" filmi haqida Yangiliklar

Ikki og'iz "Ronaldu" filmi haqida

Teglar :  Krishtianu Ronaldu
Portugaliyalik mashhur futbolchi, bugungi kunda "Real Madrid" klubida to'p tepayotgan Krishtianu Ronaldu haqida hujjatli film chiqarkan deb ilk bor avgust oylarida eshitgandim.

Keyinchalik adashmasam, oktyabr oyiga kelib filmning ikki daqiqalik treyleri internetda paydo bo'ldi.

Va 9 noyabr kuni "Ronaldu" filmining premreasi bo'lishidan xabar topdim. Va nihoyat kecha bir yarim soatlik kinoni ko'rib, o'zim uchun yangi Ronalduni kashf qildim. Kino hujjatli film bo'lgani bois hech qanday maxsus effektlardan foydalanilmagan. Ronaldu super qahramon sifatida ko'rsatilmagan ham, qanday bo'lsa shundayligicha ochib berilgan.



Muhimi shuki, u qanchalik kuchli futbolchi, mashhur yulduz bo'lmasin, hammamiz qatori oddiy inson. Uning o'zi ham bir necha bor buni film davomida takidlab o'tadi. Kinoni ko'rib shunga amin bo'ldimki, Krishtianu Ronaldu bo'lish oson emas ekan. U shu darajaga etish uchun ko'p og'ir damlarni va qattiq mehnatni boshidan o'tkazibdi.

O'rtamiyona oilada dunyoga kelgan Ronaldu yoshligidan faqat futbol bilan mashg'ul bo'ladi. Otasi ichkilikka haddan tashqari ko'p berilganidan 53 yoshida jigar xastaligi tufayli vafot etadi. Akasi esa narkotik moddalarga berilib qoladi. Ronaldu ham shunday zulmatga kirib qolishi mumkin edi, ammo bu yo'ldan uni onasi Mariya Dolores va agenti Xorxe Mendes qutqarib qoladi.

Filmda Ronalduning hayoti va futbolchilik faoliyati imkon qadar ochib berilgan. Uning "Sporting"dan qanday qilib MYUga borib qolgani, keyinchalik "Real"ga o'tgani atroflicha tasvirlangan. Filmni suratga olish ishlari 14 oy mobaniyda davom etgan. JCH-2014da Portugaliya terma jamoasining guruhdan chiqa olmagani-yu, Ronalduning musobaqani jarohat bilan o'tkazgani ham eslatib o'tilgan.



Film rejissyori Entoni Uonk ko'proq Ronalduning maydon tashqarisidagi hayotiga etibor qaratgan. CHunki uning qanday futbolchi ekanligi hammamizga malum. Lekin Ronaldu maydondan tashqarida qanday inson, vaqtini kimlar bilan o'tkazadi, bu haqda ko'pam malumotga ega emasmiz. Film davomida shunga amin bo'ldimki, Krishtianu aksariyat vaqtini uyda o'g'li Krishtianu Junior bilan o'tkazarkan.

Asosiy sahnalar futbolchining Madriddagi uyida suratga olingani bois Ronaldu bu erda o'g'li bilan istiqomat qiladi. Uning uyida sportchi uchun hamma sharoit mavjud. Basseyn deysizmi, trenajyor zalimi... Garajda o'ntacha qimmatbaho mashinalar terilib turibdi. Filmda Ronalduning yolg'iz o'g'li bilan yashashi ko'rsatilgan. Uning eng yaqin odamlari esa onasi, ichkilikni tashlab yana yaxshi yo'lga qaytgan akasi va agenti.

Filmda Ronalduning Messi bilan o'zaro munosabatlari ham ochib berilgan. Xususan Krishtianu "Barsa"dagi hamkasbi haqida shunday deydi:" Men Messini raqibim emas, meni yanada kuchli futbolchi qilgan odam deb bilaman. O'z vaqtida men ham uni shunday kuchli qilyapman. Oramizdagi munosabat yaxshi. Biz bir-birimizga nisbatan doim hurmatda bo'lamiz, faqat bazan OAV juda oshirib yuboradi".


Film Ronalduning "Men uchun eng muhim narsa g'alaba qozonishdir" degan gapi bilan boshlanadi va "Bosimni yaxshi ko'raman. SHu bosim tugaganda butsalarimni mixga ilaman va faoliyatimni tugataman" degan gapi bilan yakun topadi. Kino barcha yoshdagi tomoshabinlar uchun mo'ljallangan bo'lib, hatto Ronalduni yoqtirmaydiganlar ham filmni ko'rgach, unga nisbatan qarashlari o'zgarsa ajab emas. Bir so'z bilan aytganda, Universal Pictures tomonidan tasvirga tushirilgan "Ronaldu" (Ronaldo) filmi sport yo'nalishidagi eng yaxshi hujjatli filmlardan biri sifatida tarixga kirishi shubhasiz.


Xayrulla Xoliqov.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика