So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

Ikki kunli kundalik #6/7. Terma jamoamiz azolari Aziz Haydarovga ishqibozlik qildilar Yangiliklar

Ikki kunli kundalik #6/7. Terma jamoamiz azolari Aziz Haydarovga ishqibozlik qildilar

Iordaniyaga qarshi kechgan uchrashuvning ertasiga terma jamoamiz bir mahal mashg'ulot o'tkazdi.
U ham bo'lsa trenajer zalida. “Al Vasl” jamoasining basketbol klubiga tegishli bo'lgan zalda barcha qulayliklar mavjud, futbol jamoasinikidan kam emas. Futboldan ko'ra, jamoani Basketboldagi unvonlari ko'proq ekan. Buni kiraverishdagi juda ko'plab kuboklardan ham bilib olsangiz bo'ladi. Keyinroq aniqlasam, BAAning basketbol bo'yicha terma jamoasining asosiy o'yinchilari “Al Vasl”dan ekan.



"Al Vasl" basketbol jamoasining muzeyi



Biz borganimizda "Al Vasl" basketbol jamoasida katta mashg'ulot bo'lib o'tayotgan edi.

Kechqurun terma jamoamiz vakillari Aziz Haydarovga ishqibozlik qilish uchun “Al SHabab” – “Al Ayn” uchrashuvini tomosha qilishdi. BAA chempionati haqida Aziz bilan kattaroq suhbat qilishni rejalashtirganman. Unda batafsil to'xtalib o'tamiz. Bir ko'rishda baho beradigan bo'lsam, bizning chempionatimizdan bir kalla ustun emas, asosan legionerlar evaziga jamoalar yaxshi o'yin ko'rsatishyapti. Muhimi o'yinlar kelishilmagan. Yana o'yin tashkilotchiligi va TVning evaziga, maydonda unchalik daxshatli ko'rinmagan vaziyatlarni, juda ham hayajon bilan kuzatishingiz mumkin. Qisqasi, targ'ibot va tashkilotchilik juda ham kuchli yo'lga qo'yilgan.



"Al Ayn" muxlislari BAAda eng etakchilar qatoridalar.



Quvonchli lahzalar...


Bir hafta davomida jamoa bilan bo'lgan Asqar Tolibjonov ortga qaytdi, uning o'rniga Rustam Akramov terma jamoaning Dubaydagi qarorgohiga kelib qo'shildi. Tolibjonovni aytishicha, terma jamoamiz bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazish uchun Yaponiya tomonidan xat kelgan. Agar Yaponiyada o'sha vaqt uchun yana bitta terma jamoa o'yin o'tkazish roziligini bildirsa, bir hafta ichida vakillarimiz kun chiqar yurtda ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib qaytishlari mumkin bo'ladi.

23 dekabrdan boshlab mashg'ulotlar yana odatdagidek ko'rinish oldi, futbolchilar ikki mahal ham maydonda shug'ullandilar. Quvonarlisi shundaki, ilk marotaba shu kuni Odil Ahmedov to'p bilan ishlashni boshladi. CHap oyog'idagi og'riq qolib, o'ng oyog'ida zo'riqish sezgan futbolchi ko'pchilikni havotirga qo'yayotgan edi. Jasur Hasanov ham yig'inni ikkinchi kunidan boshlab safdan chiqqan edi. Kamiga shu kuni Jeparov oyog'ini “tortib” oldi. Seshanba kuni Hasanov va Ahmedov birgalikda sekin asta to'p bilan ishlashni boshlashdi. Dastlabki bir haftada bu ikki futbolchimiz bilan Baxtiyor Ashurmatov birga ishladi. Aleksandr Volkov esa jismoniy jarayonga javobgar. Qosimov Maqsudov bilan birgalikda, o'z dasturi asosida texnik va taktik tomonlarni ishlab chiqib, uni mashg'ulotlarda qo'llayapti. Natija chakki emas, boisi Iordaniya bilan o'yinda terma jamoaning asosiy tarkibidan 5 nafar futbolchi maydonga tushmadi. SHunday bo'lsada, o'yin o'zgarmadi.



Odil Ahmedov endi to'p bilan...


Ayni paytda shug'ullanayotgan 26 nafar futbolchidan uch nafari Osiyo Kubogidan qolib ketadi. Buni bilib turgan futbolchilarning bari birdek ishlayaptilar. Ammo afsuski musobaqadan kimdir qolib ketishi kerak.

Matbuot anjumaniga tashrif buyurib, ochig'i lol qoldim. Kiraverishingizdan Iroq – O'zbekiston o'yini aks etgan anonslar. Uni har qadamingizda ko'rishingiz mumkin. Matbuot anjumani zalida esa katta banner. Tashkiliy ishlar bilan shug'ullanib yurgan kishiga, mazkur holat yuzasidan qiziqib murojaat qildim. O'zini Joel Reinnard deb tanishtirgan mutaxassis SHveycariyaning Matchworldgroup kompaniyasining menedjeri ekan.

Kompaniyaning vazifasi, terma jamoa va klublarga o'rtoqlik o'yinlarini tashkil etish. O'rtoqlik o'yinlarini tashkil etish bilan birga, uni maromiga etkazib o'tkazishni ham o'z zimmalariga olar ekanlar. Ishoning, O'zbekiston terma jamoasi o'z maydonida o'ynasa ham bunday tashkilotchilikni ko'rmaysiz. Bu meni emas, barchaning gapi. Boshida biz bu o'yin ham Iordaniyaga qarshi bahs kabi o'tsa kerak deb o'ylagan edik.

Matbuot anjumaniga kirganimizda, bir kishi, terma jamoamizdan necha nafar media vakili qatnashishini so'radi, keyin bilsak, ular biz uchun o'yinga kirish huquqini beruvchi hujjat va jiletka bermoqchi ekanlar. Kusto hayratda, oliy ligamizning rasmiy jiletkalari yo'q bir paytda, begona yurtda, ikkita begona jamoa ishtirokidagi o'yinlarga bu narslar muxayyo qilingan.




Osiyoning 2007 yildagi eng yaxshi futbolchisi - Yunus Mahmud bilan...

Bu kompaniya sifatli xizmat uchun pul olish bilan birga, translyaciya huquqini qo'lga kiritgan holda, undan mo'maygina daromad oladi.

Iroq – O'zbekiston uchrashuvi 25 dekabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi. O'yin "Al SHaab" (SHarja) jamoasining uy stadionida bo'lib o'tadi.

Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика