Ikki jahon chempioni yozda "Yuventus"dan ketishi mumkin
02 jan 2023 13:23
Yangiliklar
Ikki jahon chempioni yozda "Yuventus"dan ketishi mumkin
"Yuventus" tarkibda yarim himoyachilar Anxel Di Mariya va Leandro Paredesni saqlab qolishni rejalashtirmayapti.
Paredes Turin klubida ijara asosida o'ynaydi va "Yuve" 28 yoshli xavbekning huquqini sotib olmoqchi emas.
35 yoshli Di Mariya o'tgan yozda "Yuventus" bilan erkin agent maqomida bir yillik shartnoma imzolagandi. Turinliklar vinger bilan yangi kelishuv tuzishni rejalashtirishmayapti.
Paredes joriy mavsum A Seriyada 9ta o'yin o'tkazdi, Di Mariya esa 7ta bahsda 1ta gol va 1ta assistga erishdi.
Ikki futbolchi ham Argentina terma jamoasi safida 2022 yilgi jahon chempionatida g'olib chiqishdi.
Fikrlar