So’nggi yangiliklar

15:59"Челси" собиқ футболчиси фаолиятини 28 ёшида якунлади. Уни Бельгия терма жамоасининг келажаги деб аташганди  0 15:30Игорь Шквирин 1990 йилларда "Спартак" Москвага ўтиши мумкинмиди?  4 15:06"Нега Ўзбекистон мундиалдаги "сюрприз" жамоа бўлмаслиги керак?" Станислав Черчесов билан эксклюзив интервью  4 14:44Фофанага қизиқувчилар сони ортмоқда: Англиядан икки таклиф!  1 14:18"Рома" мухлислари рекорд миқдорда абонемент сотиб олди  0 13:50Расмус ўрнига Уоткинс? МЮ ҳужумида ўзгаришлар кутилмоқда  0 13:25"Динамо" легионери узоқ муддатга сафдан чиқди  0 12:51Алонсонинг биринчи қурбони: "Реал" мураббийи ҳимоячилардан биридан воз кечди  1 12:23"Динамо" етакчиларидан бири жиддий жароҳат олди. У Туркияда операция қилинади  2 11:57"Машъал" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  0 11:30Ибрагимович Мессининг жамоадошларини танқид қилди: "У ҳайкаллар билан ўйнамоқда"  22 10:40"Астон Вилла" бир қатор футболчилар билан хайрлашди  0 10:12Лионель Месси кежалаги борасида бир қарорга келди  20 09:55КЖЧ. "Ал Ҳилол" тўртта гол уриб, "Манчестер Сити"ни мусобақадан чиқариб юборди  46 09:43ОКМК дарвозабони жамоани тарк этишга яқин  1

Ikki do'st yutmagan birgina sovrin qoldi Yangiliklar

Ikki do'st yutmagan birgina sovrin qoldi

2017 yil yozida "Nasaf"dan "Paxtakor"ga transfer qilingan darvozabon Eldorbek Suyunov va markaziy himoyachi SHerzod Azamov "Paxtakor" bilan joriy mavsum barcha ichki musobaqalarda g'olib chiqdi.

Eldorbek Suyunov va SHerzod Azamov ajoyib natijani qayd etdi. Gap shundaki, bu ikki do'st "Mashal" akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi. Qarshining "Nasaf" jamoasida o'zaro birgalikda 7 yilni o'tkazgan futbolchilar O'zbekiston chempionatining kumush hamda 6 marotaba bronza medallariga egalik qilishgan. SHuningdek, O'zbekiston kubogi va O'zbekiston superkubogida g'olib chiqishgan. Xalqaro miqiyosida esa klublar o'rtasidagi OFK Kubogi bosh sovriniga 2011 yili "Nasaf" bilan birgalikda ega chiqqan Suyunov va Azamov joriy mavsum o'z faoliyatida ilk marotaba O'zbekiston chempionligiga ham erishdi. SHuningdek, tarixda ilk bor o'tkazilgan Liga Kubogi g'olibiga aylandi.


SHu tariqa O'zbekistondagi barcha ehtimoliy sovrin va medallarni yutgan bu ikki do'st yutmagan Osiyoda birgina musobaqa qoldi - OCHL.

Eldorbek Suyunov va SHerzod Azamov O'zbekiston chempioni (2019), O'zbekiston Kubogi (2015, 2019) sohibi, O'zbekiston superkubogi (2016), OFK Kubogi (2011) va Liga Kubogi (2019) g'olibiga aylandi va bunday ko'rsatkich qayd etgan dastlabki futbolchilar sanalishadi.

SHuningdek, Suyunov va Azamov "Paxtakor" bilan barcha medallar, yani ketma-ketlikda bronza (2017), kumush (2018) va oltin (2019) medallarini qo'lga kiritishga ulgurdi. Ichki chempionatda esa 2,5 mavsumda "Paxtakor" bilan Superkubokdan boshqa barcha sovrinlarni yutishga ulgurishdi.

O'zbekiston miqiyosida barcha musobaqalar g'olibi va hamma medallarga ega chiqqan bu ikki do'st xalqaro miqiyosida ham OFK chempioni hisoblanadi. Suyunov va Azamov erishmagan yagona cho'qqi - OCHLda esa "Paxtakor" kelasi mavsum yana ishtirok etadi.


SHerzod Azamov ("Paxtakor" markaziy himoyachisi) erishgan yutuqlar:

O'zbekiston chempionati bronza medali sohibi: (7) 2009, 2010, 2013, 2014, 2015, 2016, 2017

O'zbekiston chempionati kumush medali sohibi: (2) 2011, 2018

O'zbekiston chempioni: (1) 2019

O'zbekiston Kubogi sohibi: (2) 2015, 2019

O'zbekiston superkubogi sohibi: (1) 2016

Liga Kubogi sohibi: (1) 2019

OFK Kubogi chempioni: (1) 2011


Eldorbek Suyunov ("Paxtakor" darvozaboni) erishgan yutuqlar:

O'zbekiston chempionati bronza medali sohibi: (5) 2013, 2014, 2015, 2016, 2017

O'zbekiston chempionati kumush medali sohibi: (2) 2011, 2018

O'zbekiston chempioni: (1) 2019

O'zbekiston Kubogi sohibi: (2) 2015, 2019

O'zbekiston superkubogi sohibi: (1) 2016

Liga Kubogi sohibi: (1) 2019

OFK Kubogi chempioni: (1) 2011


Eslatib o'tamiz, SHota Arveladze "Paxtakor"ga kelgach 2017 yili yozda dastlabki transfer sifatida "Nasaf"dan mazkur ikki futbolchining transferini 1 milliard evaziga sotib olgandi.


Malumot o'rnida: "Paxtakor" joriy mavsum o'rtasida Azamov va Suyunov bilan o'rtadagi shartnomani 2022 yil yakuniga qadar uzaytirdi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика