So’nggi yangiliklar

18:20"Манчестер Сити" дарвозабони клубни тарк этди  0 17:53"Атлетико" Қозоғистондаги академия қароргоҳи лойиҳасини тақдим этди  2 17:35"Қизилқум"ни энди ким бошқаради?  4 17:31Қайғули хабар: "Брешиа" клуби банкрот деб эълон қилинди  2 17:15Расман: "Нефтчи" афсонаси клубга қайтди  12 17:05"Сўғдиёна" ҳужумчиси: "Халқаро майдонда Россия клублари етишмаяпти"  11 16:55Факт: Қатар ЖЧ-2026 саралашида меҳмонда ҳали ғалаба қозонмади. Сафардаги сукунат давом этадими?  8 16:30Расман: Мирзад Механович "Андижон"ни тарк этди  3 16:05Роналду "Ал Насср"да қолишини тасдиқлади  5 15:20Қосимов, Аҳмедов, Зейтуллаев, Тожиев - Қатар билан ўзаро ўйинлар тўпурарлари   12 15:00Аҳмад Ал-Жани: "Мундиалга бир қадам қолди"  10 14:50Сречко Катанец Қатар билан ўйинни "Бунёдкор" стадионида томоша қилади  32 14:25Криштиану Роналду: "Ямални тинч қўйиш керак"  10 14:15Расман: Элгужа Лобжанидзе "Қизилқум"ни тарк этди  2 13:55Ўзбекистон Қатарга қарши оқ либосда ўйнайди  4

Ikki do'st yoxud Artur Gevorkyan & Erkin Boydullaev to'qnashuvi Yangiliklar

Ikki do'st yoxud Artur Gevorkyan & Erkin Boydullaev to'qnashuvi

Bugun "Nasaf"ning sobiq azolari Artur Gevorkyan va Erkin Boydullaev o'zlarining yangi jamoalari safida debyut o'yinlarini o'tkazishlari mumkin.


Qarshining "Nasaf" jamoasida 6 yil birga to'p tepgan Artur Gevorkyan hamda Erkin Boydullaev hayotda ham qalin do'st hisoblanishadi.
Ushbu ikki futbolchi "Nasaf"ga bir vaqtda kelib qo'shilishgan. Ara va Edik "ajdarlar"ning haqiqiy etakchilariga aylanishgan edi. Oxirgi yillarda jamoalarining muvaffaqiyat "kaliti"ga aylangan ushbu ikkit futbolchi endilikda "Nasaf"ni tark etishdi.
"Nasaf"ning sobiq sardoriga aylangan Artur Gevorkyan "Lokomotiv" safini to'ldirgan bo'lsa, "ajdarlar" vice-sardori sanalgan Erkin Boydullaev "Qizilqum"ni top jamoalar safiga qo'shishga ko'maklashmoqchi.

Artur Gevorkyan hamda Erkin Boydullaev birinchi davra o'yinlarida "Nasaf" tarkibida "Lokomotiv" va "Qizilqum"ga qarshi to'p tepishgan edi. Bugun esa ularning biri "temiryo'lchi" sifatida yana "Qizilqum"ga qarshi saf tortishi mumkin. Ikkinchi esa "Qizilqum" futbolchisi sifatida "Lokomotiv"ga qarshilik qilishi mumkin.



Erkin Boydullaev "Nasaf" tarkibida 5,5 yil ichida 174ta o'yin o'tkazdi va raqiblari darvozasini 6 marotaba ishg'ol etishni uddasidan chiqdi.

Artur Gevorkyan "ajdarlar" safida 193 o'yin o'tkazib, raqiblarini 83 marotaba ranjitishga muvaffaq bo'lgan.


Ayni paytda "Lokomotiv" jamoasi 14 o'yinda 36 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 2 o'rinda bormoqda. "Temiryo'lchilar" "Bunyodkor"dan atiga bir ochko ortda qolishmoqda.

"Qizilqum" esa o'tkazilgan 14 uchrashuvdan 23 ochko to'plashga muvaffaq bo'lgan. Hamid Aktamov boshchiligidagi jamoa turnir jadvalida 6-o'rinni egallab turishibdi.

Qarshining "Nasaf" jamoasida do'stlashgan Ara (Gevorkyan) va Edik (Boydullaev) deyarli yil mobaynida aka-ukadek bo'lib ketishdi. Ular "Nasaf" qarorgohida bir xonado xonadosh bo'lib istiqomat qilishdi.

Ko'p yillar davomida birga bir jamoada to'p surib kelgan bu ikki futbolchining yangi klubidagi debyuti qarama-qarshilik bilan boshlanadigan ko'rinadi.

Unda kimning qo'li baland kelishini esa vaqt ko'rsatadi.

Biz esa ularning "Nasaf"dagi faoliyatiga fotonigoh orqali etibor qaratamiz.


"Nasaf" Erkin Boydullaev singari tayanch yarim himoyachisini izlashda hali ancha qiynaladi...


Artur Gevorkyan birinchi davrada "Qizilqum"ga qarshi bahsda...


Boydullaev maydonda "Nasaf"ning haqiqiy "miya"si edi...


Gevorkyan "Nasaf"dagi xayrlashuv o'yinida "ajdarlar" safidagi so'nggi golini nishonlamoqda...


Tarixiy kun. "Nasaf" OFK Kubogidagi muvaffaqiyatida Boydullaevning tutgan o'rni ham katta bo'lgan edi...


OFK Kubogi-2011ning eng yaxshi futbolchisi, "Nasaf" afsonasi - Artur Gevorkyan sovrinni qabul qilib olmoqda


Tarixiy jamoa. "Nasaf"ga ancha yillar sodiq qolgan, jamoaning erishgan yutuqlariga ulkan xizmat qilgan ikki etakchi ushbu suratda


Bugun ham ushbu qarama-qarshilikni ko'rishimiz mumkin. Faqatgina Boydullaevning egnidagi futbolkada "Nasaf"ning emas, balki "Qizilqum"ning logosi tushirilgan bo'ladi...


Ikki do'st...


Ushbu "nayza" endi "Qizilqum" uchun xizmat qiladi...


"Nasaf"da "qirol"ga aylangan Artur, "Loko"da "gladiator" bo'lishi taxmin qilinmoqda...

Maydondagi barcha "qora" ishni bajaradigan mehnatkash futbolchi istalgan jamoaga kerak


Araning "Nasaf"dagi so'nggi surati...


Boydullaevning diagonal uzatmalarini "Nasaf" muxlislari sog'inib qolishsa, "Qizilqum" ishqibozlari ushbu paslardan bahramand bo'lishadi...


Gevorkyanning "Lokomotiv" stadioniga mehmon sifatida tashrif buyurgan oxirgi o'yini...


Erkin Boydullaev "Qizilqum" bilan ham muvaffaqiyat qozonishni maqsad qilgan


Artur Gevorkyan hech qachon o'z muxlislarini istagani erad qoldirmaydi, hurmatga loyiq futbolchi,ajoyib inson


To'g'riso'z, samimiy inson - Erkin Boydullaev


Artur "Lokomotiv" bilan chempionlikni qo'lga kiritmoqchi


Boydullaev, O'zbekiston kubogi, Gevorkyan...


BONUS: Erkin Boydullaevning oilasi


BONUS: Artur Gevorkyanning oilasi


No comment


Barcha futbol muxlislarini "TTYMI" stadionida (20:00) bo'lib o'tadigan "Lokomotiv" - "Qizilqum" yoxud ikki do'stning qarama-qarshiligini tomosha qilishga taklif etamiz.


SHahboz Beg'amov

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика