So’nggi yangiliklar

16:14"Металлург" академияси ёпиладими? Академия бунга жавоб берди  0 15:53Расман: Егор Кримец - "Сўғдиёна" футболчиси!  1 15:27ЖЧ-2010нинг энг яхши футболчиси Форлан: "Испанияда "Атлетико" рамзини ҳеч қачон ўпмаганим учун танқид қилишарди"  2 14:54Йўғе! Дани Ольмо агенти билан бирга Манчестерга учиб келди  3 14:22Олмалиқдаги "ОКМК спорт мажмуаси" ҳудудида янги табиий майдон қурилмоқда  1 13:54"Бунёдкор" ўз тарбияланувчиси билан шартномани 2 йилга узайтирди  0 13:27"Шўртан" 2025 йилги мавсумни Қаршидаги стадионда бошлайди  1 12:51Эронда нима гаплар? Юсуповда навбатдаги "қуруқ ўйин", Машарипов тўлиқ ўйнади  2 12:20ПФЛ "Олимпик"ка 5 январгача муҳлат берди, акс ҳолда...  5 11:51Қиз фарзанди дунёга келгани сабаб ўйиннинг 1-бўлимини ўтказиб юборган ва 2-бўлимга етиб бориб хет-трик қайд этган футболчи ҳақида билармидингиз?!  5 11:22Бекободда футбол ўлмоқда. "Металлург" кетидан Шавкат Мирзиёев ташриф буюрган академия ҳам ёпилади   22 10:55Қойил! Аморим тен Хагнинг антирекордини янгилади  15 10:22Аббосбек Файзуллаев «Монако» ҳақидаги саволга жавоб берди  5 10:07Расман: Санжар Қувватов - «Қизилқум» жамоаси футболчиси  1 09:47Бир йил аввал саратон билан курашган футболчи Тожикистонда «йил футболчиси» бўлди  1

Ikki darvozabonga bir qo'lqop, do'mbira, SHeykin, "Xirosima-94" xotiralari - o'zbek futbolida tesha tegmagan gaplar Yangiliklar

Ikki darvozabonga bir qo'lqop, do'mbira, SHeykin, "Xirosima-94" xotiralari - o'zbek futbolida tesha tegmagan gaplar

1994 yilning oktyabr oyi o'zbek futboli tarixi sahifalariga oltin harflar bilan zikr etilgan. O'shanda Yaponiyada o'tgan Osiyo o'yinlarida O'zbekiston milliy terma jamoasi finalda xitoylik futbolchilarni 4:2 hisobida dog'da qoldirib, chempionlikni rasmiylashtirishgan edi.

Mana o'sha olamshumul voqelikka ham 26 yil to'ldi. Oradan shuncha vaqt o'tgan bo'lsa-da, mazkur muvaffaqiyat mamlakat bosh jamoasining o'z faoliyatida qo'lga kiritgan yagona va so'nggi bo'lib qolmoqda. To'g'ri, bazi birovlar Xirosima shahrida erishilgan g'oliblik haqida yozish “siyqasi chiqqan mavzu”, yana o'sha davrni yodga olishyaptimi, deyishlari mumkin. Lekin “Xirosima-94” bilan bog'liq hali matbuotda chop etilmagan malumotlar talaygina topiladi...

Mamlakatimizning eng tajribali sport mutaxassislaridan biri, “O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy” Samuk Abidov bir qiziq voqeani gapirib berdi. Takidlash joizki, u kishi respublikamizda tennis sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirishga o'zining munosib ulushini qo'shib kelmoqda. Bugungi kunda S.Abidov Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabiga rahbarlik qilish barobarida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani Kengashi deputati sanaladi. Endi suhbatdoshimizning xotiralariga quloq tutsak: 

- Bilasizmi, 1994 yilgi Osiyo o'yinlari mustaqil O'zbekiston uchun ilk rasmiy yirik musobaqa edi. 135 kishilik sportchilar delegaciyasi bilan Xirosima sari otlangandik. Ochig'i, ko'pchilik dunyo xaritasida “O'zbekiston” degan davlat borligini umuman bilishmasdi. Bazilar sizlar qaerdan bo'lasizlar, “Afg'onistonmi yoki Pokistondan”, deguvchilar ham topilgandi, o'shanda. Sportchilar bilan birga futbolchilar ham juda “irimchi halq” bo'lishadi. Masalan, jamoaning zaxiralar o'rindig'ida, avtobusda yoki oshxonada hamma o'zi uchun ajratilgan o'rnida o'tirishi shart. Bundan esa jamoada barchaning o'z o'rni borligini bilish mumkin. Mabodo, begona kishi o'tirib qolsa, go'yoki, jamoadan omad ketgandek. Ayrim sportchilar o'ta muhim o'yin oldidan, yangi kiyim, poyabzal kiyishmaydi. 1994 yilgi o'zbek futbolining Osiyoni zabt etgani  butun qita futboli jamoatchiligini hayratda qoldirgandi. Yodimda, qitamizning eng kuchli jamoalaridan sanalgan Janubiy Koreya termasi bilan yarim finalda o'zaro ro'baro' kelishi kerak edi. Musobaqa davrida har kuni kechqurun O'zbekiston sport delegaciyasining ishchi shtabida yig'ilish tashkil etilardi. Har bir sport turiga biriktirilgan masul mutaxassis o'z yo'nalishida sportchilarning qayd etgan natijalari xususida hisobot berishardi. SHunda terma jamoa katta murabbiyi Rustam Akramov kirib, darvozabonimiz Yuriy SHeykinning qo'lqopini hammani oldiga tashladi va ikkita darvozabonga bitta yangi qo'lqop xarid qilinishi zarurligini takidladi. Rosti, tajribali posbonning qo'lqopini ko'rib, ko'nglim ranjigandi. Nega desangiz, qo'lqop yirtilib ketgan, undan darvozabonning barmoqlari chiqib turishi aniq edi. Eng qizig'i, O'zbekiston terma jamoasining tajribali darvozaboni Yuriy SHeykin turnir yarim finaliga qadar kechgan barcha bahslarni mana shu yirtiq qo'lqoplarda o'tkazgan ekan. Sportimiz rahbarlari mazkur masalaga jiddiy yondoshdi. Xullas, ertasi kuni O'zbekiston sport delegaciyasining tarjimoni Malik Boboev bilan Yuriy SHeykinga qo'lqop xarid qilish uchun istiqomat qilayotgan “Olimpiya qishlog'i”dan Xirosima shahriga otlandik. Do'konlardan bir amallab topdik, terma jamoamiz darvozaboniga olib kelib berdik. O'ta muhim o'yinda tajribali posbonimiz o'sha yangi qo'lqoplardan foydalandi. Yodingizda bo'lsa, uchrashuv davomida koreyslar tinimsiz hujumlar uyushtirib, to'liq ustunlikka ega bo'lishdi. Ammo, Yuriy SHeykinning yuksak mahorati sabab darvozamiz dahlsizligi saqlab qolingandi. 90 daqiqa mobaynida tajribali posbonimiz raqib futbolchilarining yo'llagan zarbasini biror marta ham ushlamay, qaytarib yuborgan. CHunki, yangi qo'lqop Yuraning “sinovi”dan to'liq o'tmagandi... Yana shuni qo'shimcha qilish lozimki, o'sha o'yin kuni havoning juda salqinligi ham maysaning holatiga tasir o'tkazgandi.  Xullas, tarixiy uchrashuvning 65-daqiqasida Azamat Abduraimov tomonidan yo'llangan “ayyorona zarba” natijasida koreyaliklar darvozasi ishg'ol etilgandi. Yagona gol terma jamoamizni finalga olib chiqqandi.

Rosti, shu kuni SHeykin bor iqtidorini namoyish etdi. Ammo maydonga tushgan futbolchilarimizning ishonchli o'yini samarasi o'laroq muvaffaqiyat qozongandik. Yigitlarimiz go'yoki, bir tanadek harakat  qilishgandi. Umuman olganda, sportda ham futbolda ham omad katta rol o'ynaydi. O'sha bahsni yodga oladigan bo'lsak, ikkinchi bo'limda to'liq tashabbus raqib tomonida edi. Ularning darvozasiga deyarli to'p ham bormagandi. Tabiiyki, bu holat koreys darvozabonining “o'yindan tashqari holat”da qolib ketishiga, sovqatishiga olib keldi. Aytaylik, koreyaliklar posboni to'pni ushlab, doimo harakatda bo'lib turganida balki Azamat Abduraimovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini ushlab olgan bo'larmidi?! Buni ham omadga yo'yish mumkin, to'g'rimi? Yana bir qiziq jihat. Janubiy Koreya va Yaponiya qo'shni davlatlar hisoblanadi. SHu bois yarim final uchrashuvini kuzatish uchun Janubiy Koreyadan juda ko'p muxlislar tashrif buyurishgandi. Stadionning yarimini aynan koreyalik ishqibozlar tashkil etardi. O'yin mobaynida ular o'zlari bilan olib kelingan 30 dona do'mbirasini tinimsiz chalib, butun stadionni larzaga keltirishardi. O'zbekistonlik ixlosmandlar esa kamchilik edik. Musobaqasi yo'q bo'lgan sport turi vakillari stadionga kelishdi, xolos. Koreyslar bilan o'zaro kelishib, bitta barabanini so'radik. Biz ham ulardan qolishmay, tinimsiz yigitlarimizni qo'llab-quvvatlab turgandik. Biroq birinchi taymdan so'ng tanaffusda ular bizdan do'mbirasini olib qo'yishdi. Bu esa mezbonlarga yoqmadi. CHunki, shu turnirning chorak finalida “kun chiqar yurt” futbolchilari aynan koreyslarga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandi. SHu sababli “alamzada” mahalliy ishqibozlar kam sonli muxlislarimiz bilan yonma-yon turib, sof o'zbek tilida “YASHASIN, O'ZBEKISTON”, “OLG'A, O'ZBEKISTON”, deya futbolchilarimizni qo'llab-quvvatlashgandi. Musobaqa davomida barcha sport delegaciyalari “Olimpiya shaharchasida” istiqomat qilishardi. 1994 yil 16 oktyabr kuni final o'yiniga ketyapmiz. 9-qavatdan liftdan koreyslar ustozi Anatoliy Bishovec bilan birga tushdik. Rossiyalik taniqli murabbiy o'z vaqtida sobiq Ittifoqning bir nechta klublarini boshqargan. Uning boshchiligidagi sobiq SSSR olimpiya terma jamoasi Seul shahrida o'tgan 1988 yilgi yozgi olimpiya o'yinlarining futbol turnirida bosh sovrinni qo'lga kiritgandi. O'zbek futboli muxlislariga yaxshi tanish rossiyalik mutaxassis - “ha, o'zbeklar bugun Xitoyni engasizlarmi?”, deb savol berdi, o'shanda men “eng kuchli chempionlikka asosiy davogar Janubiy Koreyadek nomdor termani dog'da qoldirdikku, xitoyliklar nima bo'libdi, ular bizga raqib emas va terma jamoamiz albatta zafar quchib, oltin medallarga ega chiqadi”, - deya javob bergandim. O'z o'rnida, Anatoliy Bishovec bo'lajak finalda jamoamizga omad tiladi va O'zbekistonning g'alaba qozonishiga shubhasi yo'qligini takidladi. Muhimi, hal qiluvchi bahsda yigitlarimiz bor mahoratini ishga solib, chin yurti futbolchilarini 4:2 hisobida dog'da qoldirishgan edi. 26 yil avvalgi zafarli lahzalar shukuhi esa qalbimizda bir umrga muhrlanib qolgan. Aynan mazkur g'alaba orqali Osiyo ahli va butun dunyo jamoatchiligi er yuzida o'z tarixiga ega O'zbekiston degan davlat borligini bilishdi, yuksak salohiyatli mahoratli sportchilarga ega ekanligini, ular bilan kelgusida hisob-kitob qilish lozimligini anglab etishgandi. Xirosima shahri sport inshootlarida kechgan Osiyo o'yinlaridagi ishtiroki, qo'lga kiritilgan sovrinlar orqali jahon ahli mustaqil O'zbekistonimizni tanigandi. Umumjamoa hisobida O'zbekiston terma jamoasi azolari 5-o'rinni egallagandi. Nazarimda, barcha sport delegaciyamiz azolarining birligi jamoamiz muvaffaqiyatini taqdim etdi.

Ming afsuski, hozirda “Xirosima-94” qahramonlaridan biri Yuriy SHeykin oramizda yo'q. 2011 yili beshavqat o'lim uni oramizdan olib ketgandi. Ilohim, uning oxirati obod bo'lsin. Birgina o'yinda bor istedodini ko'rsatgan Yura SHeykin uzoq yillarga tatiydigan unutilmas lahzalar va quvonchli onlarni taqdim etib ketdi. Kezi kelganda, o'zbek sportida marhum Yuriy SHeykindek yurt shanini shaxsiy manfaatdan ustun qo'yadigan fidoiylar soni yanada ko'payib borishini istardim. Gohida hayron qolaman: biror bir futbolchi yangi klubi bilan shartnoma tuzishdan oldin moliyaviy masalalar bo'yicha kelishib olishni xohlaydi. Qachonki, Vatan Obro'si hamma narsadan yuqori tursagina xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishsa bo'ladi. Bugungi yosh sportchilarni, iqtidor egalarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalasak oldimizga qo'yilgan har qanday vazifani uddalay olishimizga ishonchim komil. Negaki, O'zbekiston istedodlarga boy makon hisoblanadi (Davomi bor).

So'nggi so'z o'rnida: Yaponiyaning Xirosima shahrida bo'lib o'tgan 1994 yilgi Osiyo o'yinlarida 135 nafar o'zbekistonlik sportchi ishtirok etgan. Musobaqa yakuniga ko'ra terma jamoamiz 11ta oltin, 12ta kumush va 19ta bronza medallarini qo'lga kiritgan. Umumiy hisobda 42ta medalni qo'lga kiritgan delegaciyasiz 5-o'rindan joy olgandi.

Mirjalol Normatov suhbatlashdi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика