Ikardining xotini: "Tez orada "Inter" bilan muammolar yakuniga etadi"
18 mar 2019 15:41
Yangiliklar


Ikardining xotini: "Tez orada "Inter" bilan muammolar yakuniga etadi"
"Inter" hujumchisi Mauro Ikardining xotini va agenti Vanda Naraning so'zlariga ko'ra, tez orada klub bilan yuzaga kelgan muammolar bartaraf etiladi.
"Klub bilan kelishib olishga yaqinmiz. Mauro tez orada jarohatidan qutiladi va formasini tiklab olish uchun tanaffuslarsiz ishlayapti. U tayyor bo'lganida maydonga qaytadi.
Marotta bilan suhbatlashdim va u menga Ikardi va "Inter"ning boshqa futbolchilari o'rtasida hech qanday muammo yo'q. O'yinchilar OAV bilan suhbatda Mauro haqida yomon gapirishmadi" - deydi Nara.
Eslatib o'tamiz, Ikardi 13 fevraldan beri "Inter" safida maydonga tushmayapti. Aynan o'sha kuni futbolchidan sardorlik bog'ichi olib qo'yilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar