So’nggi yangiliklar

01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  5 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  2 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  13 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  8 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  5

Ikardi nima uchun Argentina terma jamoasida yo'q? Yangiliklar

Ikardi nima uchun Argentina terma jamoasida yo'q?

Bazan shunday ishlar bo'ladiki, futbol bu oddiy sport o'yinidan boshqa emasligini anglab etasiz.

Italiya A-Seriyasining birinchi raqamli hujumchisi bo'lsang ham, shu tamoil asosida jahon chempionatiga bora olmaysan, seni u erda qabul qilishmaydi.

Argentinalik Ikardi "Barselona" yoshlar ligasida to'p tepardi, Messi bu paytda allaqachon javlon urib kelayotgan payti bo'lgan. Yana bir argentinalikni omadi yurishmay Kataloniyadan ketgan edi, bu Maksi Lopes edi. Maksi Lopes "Sampdoriya" safiga borib qo'shilganida taqdir Ikardini ham shu klub sari etakladi. Bu paytda Maksi argentinalik model, shu bilan birga bir necha faxsh filmlarining bosh rolida ekran yuzini ko'rgan Vanda Nara bilan turmush qurgan bo'ladi.


Maksi Lopes Sampdoriyaga ko'chib o'tganidan keyin o'zidan 9 yosh kichik Ikardiga ukalardek muomala qildi va uni bir necha bor o'z uyiga mehmonga taklif qiladi. Janubiy Amerikaliklarda bir birini qo'llab-quvvatlash odat tusiga aylangan. O'zi maydonga tushmasada, vatandoshiga yordam qo'lini cho'zish odati bor ularda. Ammo 20 yoshli Ikardi Lopesning uyida uning ayolini o'ziga og'dirib oladi. Nara uchun bu oddiy hol edi. Maksi Lopes o'z ukasidek yordam qo'lini cho'zgan Ikardini xotinini tortib olganidan afsuslanmadi. Intervyularidan birida, boshidayoq onasi bu nikohga qarshi chiqqanini aytib o'tdi. Uni yig'latgan narsa boshqa edi, 3 nafar o'g'il farzandi bugunda Maksini emas, otasini undan tortib olgan Ikardini "dada" deb o'sayotganida. "Inter"ni o'yinlarida, pushti kamaridan bo'lgan farzandlar Ikardi yozuvi tushirilgan 9-raqamda tribunada o'tirishi unga hammasidan ko'proq tasirliroq bo'layapti.

Ikardi 12 yoshidan unga agentlik qilib, bosqichma bosqich "Inter"gacha bo'lgan qiyin yo'lni bosib o'tishda o'zining mehnatini ayamagan agentini 2015 yil, Maksi Lopesdan tortib olgan Vanda Naraga almashtiradi.

Bu voqealardan xabar topgan "Inter" muxlislari, Ronaldo mashhur qilgan 9-raqamga Ikardini mos emasligini aytib, rosa janjal qilishgan. G'arb matbuotiga ishonadigan bo'lsak, Ikardi argentinalik mafiyalarni yollab tiffozilar bilan orani ochiq qilishni ham istagan, aksincha Italiya mafiyasi o'ch olib berish taklifi bilan Maksi Lopesga chiqishganda u buni rad etgan.


Bu Argentinada ham katta shov-shuvga sabab bo'ldi. Birinchilardan bo'lib Maradona bunday inson uchun Argentina terma jamoasida joy yo'qligini aytdi. Messi ham bunday futbolchi bilan bir jamoada to'p tepa olmasligini takidlagan. Bunga Maskerano ham qo'shilgan. Ko'pchilik bu voqeada Messini aybdor deb bildi, lekin Messi yutmagan yagona sovrin bu JCH. Messini Maradonadan ustun qilishi mumki bo'lgan kubok ham JCH sovrini aslida. O'z paytida Ronaldino Messiga qanchalik yordam qo'lini cho'zgan bo'lsa, 9 yosh katta Maksi Lopes huddi shunday qo'lni Ikardiga cho'zgan edi.


Reyting: -77   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика