Ikardi mashg'ulotlarga qaytadi
21 mar 2019 19:40
Yangiliklar


Ikardi mashg'ulotlarga qaytadi
“Inter” hujumchisi Mauro Ikardi bugun jamoasining mashg'ulotlariga qaytadi, deya xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.
Argentinalik futbolchi klub uni sardorlik bog'ichidan mahrum qilgan kundan buyon (13 fevral) ilk marta jamoa bilan mashg'ulot o'tkazadi.
Ikardi ancha vaqtdan buyon “Inter” bilan yangi shartnoma borasida aniq bir qarorga kela olmayapti. Argentinalik futbolchi sardorlik bog'ichidan mahrum qilingach, maydonga tushishni ham bas qildi. Ikardining aytishicha, u tizzasidan og'riqni his qilgan. Ammo milanliklar murabbiyi Luchano Spaletti bayonot berib, jamoa tibbiyot xodimlari Mauroda hech qanday jarohatni qayd etishmagan.
31 mart kuni “Inter” A seriya 29-turi doirasida “Lacio” bilan kuch sinashadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar