Ikardi "Inter" futbolchilariga Rolex soatlarini sovg'a qildi (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
28 noya 2018, 16:09
"Inter" forvardi Mauro Ikardi o'z jamoadoshlari hamda klubni tark etgan Rafinya va Joao Konseluga Rolex firmasining soatlarini sovg'a qildi.

Argentinalik futbolchi o'tgan mavsum A Seriyaning eng yaxshi to'purari bo'lgani uchun ularga minnatdorchilik bildirdi.

"2017/18 mavsumning eng yaxshi to'purari bo'lganimni hech qachon unutmayman. Ammo bu haqida boshqalar ham eslashini xohlayman. Yordamingizsiz bunga erishmagan bo'lardim" - deb yozdi Ikardi "Instagram"dagi sahifasida.

Ikardi o'tgan mavsum A Seriyaning 34ta uchrashuvida 29ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: instagram.com/mauroicardi