So’nggi yangiliklar

19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   0 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  1 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  2 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  8 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0 13:50Instagram орқали мураббий излаётган Ҳиндистон Хавига рад жавобини берди  14

II liga. Akramjon Komilov tufayli – texnik mag'lubiyatlar Yangiliklar

II liga. Akramjon Komilov tufayli – texnik mag'lubiyatlar

II liga jamoalari o'rtasidagi O'zbekiston chempionatining final bosqichida bugun ikkinchi tur uchrashuvlari o'tkazildi.
Poytaxtdagi “Tashselmash” stadionida maydon egasi – “Obod” jamoasi “Bunyodkor”ni qabul qildi. Bu bahs kutilmagan scenariyda o'tdi. Birinchi ligaga chiqishga qattiq ahd qilganligi uchun, mazkur o'yinda favorit hisoblangan “Obod” birinchi bo'lim o'rtasida ayanchli ahvolga tushib qoldi. Qandaydir 9 daqiqa ichida yosh “qaldirg'ochlar” raqib darvozasini uch marotaba nishonga olishga erishishdi. Dastlabki ikkita golga Vladislav Nuriev mualliflik qildi: 21 va 26-daqiqalarda. Ikkala safar ham mezbonlar himoyachilarining qo'pol xatolaridan so'ng Nuriev “Obod” posboni bilan yakkama-yakka holatga chiqib, vaziyatlardan unumli foydalandi. Uchinchi golni esa uzoq masofadan bergan chiroyli zarbasi evaziga 29-daqiqada Ibrohim G'ofurov kiritdi.

Vaziyatni qutqarib qolish maqsadida, “Obod” bosh murabbiyi Farhod Safarov va-bankka ketdi. U bir qator almashtirishlar amalga oshirib, himoyachilar sonini qisqartirib, hujumga katta kuch tashladi. Buning oqibatida, “Obod” ikkita javob to'pi kiritishga muvaffaq bo'ldi: Elyorjon Akbarov dublga erishdi. 60-daqiqada u penaltini aniq bajardi hamda 86-daqiqada jamoasining ikkinchi golini kiritdi. Qolganiga esa vaqt etmay qoldi. “Bunyodkor” kecha xuddi shunday scenariy bilan “Geofizika”da mag'lubiyatga uchragandi. Yani 0:3 hisobida boy berayotib, yakunda hisobni 2:3 qila olgandi.

“A” guruhidagi ikkinchi bellashuvda Andijonning “O'zDong-Ju” klubi musobaqadagi debyutini o'tkazdi. Vodiy derbisida hisobni andijonliklar penaltidan ochishgan edi. Ammo ko'plab boy berilgan va golga aylantirilmagan vaziyatlar uchun ular o'yin oxirida jazo olishdi. Standartdan oshirib berilgan to'pni Farg'onaning “Dinamo” jamoasi o'yinchisi boshi bilan nishonga aniq yo'lladi. Va shu tariqa turnirdagi ilk durang qayd etildi – 1:1.

Ammo, lekin, biroq... Musobaqaga zayavka topshirishda O'zPFL reglamentining tegishli bandini buzganligi uchun, “Bunyodkor”ning kecha va bugun o'tkazgan ikkala o'yini natijalari bekor qilindi. Achinarlisi, bugungi qiyin erishilgan g'alaba “havoga sovurildi”. Gap shundaki, 2-liganing 2-bosqichida ishtirok etadigan jamoalar o'z ro'yxatlariga bu yil oliy va birinchi ligalarda to'p surgan futbolchilarni ham kiritishlari mumkin. Lekin faqat bitta sharti bilan: o'sha futbolchi eng kamida 2013 yilning 15 sentyabrigacha o'zining o'sha jamoasidan “otzayavka” qilib yuborilgan bo'lsa. “Bunyodkor” ro'yxatiga kiritilgan chap qanot himoyachisi, o'smirlar o'rtasidagi JCH-2013da Gonduras bilan o'yinda antiqahramonga aylangan Akramjon Komilov yozda “Andijon”ga ijaraga berilgan edi. U ikkinchi davrada “Andijon” safida 1-ligada o'ynadi. Asosan terma jamoa yig'inlarida band bo'lib, u andijonliklar safida o'zi aslida ikkitagina uchrashuvda maydonga tushdi. Ammo u mavsum oxirigacha “Andijon” tarkibida hisobda bo'lganligi uchun ham, “Bunyodkor” uni II liga final bosqichiga zayavka qila olmasdi. Biroq buni hech kim inobatga olmaganligi uchun, bugun “Bunyodkor” mashaqqat bilan erishgan g'alaba shundoqqina yo'qqa chiqdi. SHunday qilib, yosh “qaldirg'ochlar”ning “Bunyodkor-Geofizika” bilan kechagi (2:3, mag'lubiyat) va “Obod” bilan bugungi (3:2, g'alaba) uchrashuvlari natijalari bekor qilindi va ularga ikkita texnik (-:+) mag'lubiyat yozildi. Akramjon Komilovning o'zi ham turnir oxirigacha diskvalifikaciyaga uchradi.

Ulug'bek Mirzaev

O'zbekiston chempionati. II liga. Final bosqichi
2-tur. 29 noyabr
“A” guruhi

O'zDong-Ju – Dinamo 1:1
Obod – Bunyodkor +:-
Turnir jadvali               O'   O  T-N
1. Obod                            2   6   3-0
2. Bunyodkor-Geofizika     1   3   0-0
3. O'zDong-Ju                    1   1   1-1
4. Dinamo                         2   1   1-4
5. Bunyodkor                      2   0   0-0

“B” guruhi

Bahor-Geolog – NDPI 0:4
G'ijduvon – Tolachi 2:0
Turnir jadvali             O'   O  T-N
1. G'ijduvon                   2   6   4-0
2. Mashal                     1   3   5-1
3. NDPI                         2   3   4-2
4. Bahor-Geolog              1   0   0-4
5. Tolachi                        2   0   1-7
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика