"Iguainning ketishi "Milan"ni kuchaytirdi"
29 jan 2019 17:08
Yangiliklar


"Iguainning ketishi "Milan"ni kuchaytirdi"
Italiya bosh vaziri o'rinbosari Matteo Salvini Iguain borasida juda keskin fikrlar bildirdi.
- "Umid qilamanki, Iguain Milanda boshqa ko'rinish bermaydi. Gonsalo o'zini juda xunuk tutdi. Menga yollanma ishchilar yoqmaydi. Iguainni jamoadan ketishi "Milan"ni kuchaytirdi", - deya vazir o'rinbosari Matteo Salvinining gaplarini keltirmoqda "Football Italia" nashri.
Eslatib o'tamiz, yozda "Yuventus"dan ijara asosida "Milan"ga o'tgan argentinalik hujumchi qishki transfer oynasida "CHelsi"ga ko'chib o'tdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar