Iguain “Yuventus”ni tark etdi
18 sen 2020 08:46
Yangiliklar
“Yuventus” hujumchi Gonsalo Iguain bilan xayrlashdi. Bu haqida klubning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida xabar berildi.
Tomonlar o'zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilgan. Gonsalo faoliyatini Devid Bekxem egalik qiladigan AQSHning “Inter Mayami” klubida davom ettiradi.
32 yoshli hujumchi “Yuventus” safida 2016 yildan beri harakat qilib kelardi. Orada Iguain “Milan” va “CHelsi” klublarida ijara asosida to'p tepdi. U “Yuve” bilan 3 bor Italiya chempionligini, 2 marta esa mamlakat Kubogini qo'lga kiritdi. Jamoa safida jami 149 ta o'yinda maydonga tushib, 66 ta gol urdi va 16 ta golli uzatma berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar