Iguain "Yuventus"ga qaytishi mumkin
23 noy 2018 14:41
Yangiliklar
Iguain "Yuventus"ga qaytishi mumkin
"Milan" hujumchisi Gonsalo Iguain joriy mavsum yakunlanganidan so'ng "Yuventus"ga qaytishi mumkin.
Malumotlarga ko'ra, rossonerlar rahbariyati iqtisodiy sabablar tufayli bu variantni ko'rib chiqmoqda. Forvardning "Milan" klubi bilan shartnomasi 2021 yilda yakuniga etadi.
Iguain joriy yilning yozida "Yuventus"dan "Milan"ga o'tgan edi. Joriy mavsum forvard milanliklar safida 10ta uchrashuv o'tkazib, 5ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.
Argentinalik futbolchi "Yuventus"ga qarshi A Seriyaning 12-tur o'yinida qizil kartochka olgan edi. SHunday qilib, u "Lacio" va "Parma" bilan bo'ladigan uchrashuvlarda ishtirok etmaydi.
Fikrlar