Iguain aeroportda to'xtatildi

Mirjalol Normatov
19 mar 2020, 20:45
"Yuventus" hujumchisi Gonsalo Iguain Italiyani tark etishga urundi.

"La Repubblica" xabariga ko'ra, Iguain karantin holatini buzishga va Argentinaga oilasi bilan uchib ketishga uringan. Ammo aeroportda u to'xtatilgan.

Futbolchi o'zining samolyotida ketishga tayyorlanayotgandi. Ayni damda "Yuventus" futbolchilari karantinga olingan va ularga shaharni tark etish taqiqlangan.

Garchi futbolchida koronavirus aniqlanmagan bo'lsa-da, unda kasallikning yashirin davri bo'lishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Repubblica