So’nggi yangiliklar

10:40"Астон Вилла" бир қатор футболчилар билан хайрлашди  0 10:12Лионель Месси кежалаги борасида бир қарорга келди  9 09:55КЖЧ. "Ал Ҳилол" тўртта гол уриб, "Манчестер Сити"ни мусобақадан чиқариб юборди  23 09:43ОКМК дарвозабони жамоани тарк этишга яқин  0 09:10"Ким қолишни истамаса, хайр!". "Интер" сардори Лаутаро ЖЧни тарк этганига муносабат билдирди  3 08:44Сенсация! "Ал Ҳилол" даҳшатли ўйинда "Манчестер Сити"ни мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  86 08:20Суперлига. 15-тур баҳсларининг бошланиш вақтлари маълум  0 07:40Криштиану Роналду: "Бу аллақачон ўтмиш"  18 04:34"Манчестер Сити" — "Ал Ҳилол". Таркиблар маълум  67 02:00КЖЧ. "Интер" Бразилия жамоасига мағлуб бўлди ва турнирни тарк этди  25 01:11Миржалол Қосимов: "Тўрт ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз. Футболчиларга ортиқча босим қилиб юбордим, деган хаёл келди"  9 01:00Суперлига. Плетнёвнинг заргарона узатмасидан сўнг урилган гол "Сурхон"га ОКМК устидан ғалаба тақдим этди  3 00:56Февзи Давлетов: "Бизга бу ғалаба жуда керак эди"  4 00:25РПЛ-2025/26да фақат сардорларга ҳакамлар билан мулоқот қилишга рухсат берилиши мумкин. Бошқалар жазоланади  0 23:23"Астон Вилла" Рэшфорд, Асенсио ва Дисасиларнинг кетганини эълон қилди  2

Igor SHtimac: "Rostini aytsam, hozirgi darajamiz shu. O'zbekiston ko'proq gol urishi mumkin edi" Yangiliklar

Igor SHtimac: "Rostini aytsam, hozirgi darajamiz shu. O'zbekiston ko'proq gol urishi mumkin edi"

Osiyo kubogining 2-turidan o'rin olgan O'zbekistonga qarshi uchrashuvdan keyin Hindiston bosh murabbiyi Igor SHtimac matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida...

- Qiziqarli o'yin guvohiga aylandik. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman. O'zbekiston ko'proq gol urishi mumkin edi, biz ham o'z vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. SHogirdlarimning o'yinidan qoniqdim. Vaziyatlarga boy bellashuv guvohiga aylandik. Rostini aytsam, hozirgi darajamiz shu. Jamoamizda bir nechta muhim o'yinchilar yo'q. Oxirgi o'yin oldinda, bu biz uchun so'nggi umid bo'lib qolmoqda.

- Qatarga qarshi JCH saralash o'yinida ham tezkor gol o'tkazgandik. Buning sababi nima?

- Bilmadim, o'yinchilar o'yinga tayyor edilar. Bu o'yinga juda katta ishonch bilan kelgandik. O'zbekistonga bo'shliq bersangiz, ular sizni "o'ldirishadi". 

- Bugun mag'lub bo'ldingiz, ammo Hindiston o'yinida qanday ijobiy jihatlarni ko'ra oldingiz?

- Biz qanday ahvolda ekanimizni qabul qilishimiz kerak. Bugungi o'yinimizdan ham ko'p narsa o'rganishimiz mumkin. Bu kabi turnirlarda kamchiliklarimiz ko'rinib qoladi. Gol uradigan hujumchilarsiz Osiyo kubogi kabi katta turnir qiyinchilik tug'dirishi aniq. Bizda bu darajaga mos tushadigan bir necha o'yinchilar bor, shu bilan birga, turnir darajasida bo'lmagan o'yinchilarimiz ham mavjud. O'z ustimizda hali ko'p ishlashimiz kerak.

- Hindistonning o'yiniga bu safar ham juda ko'p muxlislar keldi. Ularga nima deya olasiz?

- Muxlislardan uzr so'raymiz. Ammo futbolchilar muxlislarga juda ko'p quvonch taqdim etganini ham unutmasligimiz kerak. Keyingi o'yinda ular uchun harakat qilamiz.

- O'zbekiston o'yindan oldin favorit sifatida ko'rilgandi. Bugungi o'yinda aynan qaysi jihatlar bo'yicha raqib jamoa Hindistondan kuchliroq edi?

- O'zbekistonga vaziyat yaratish borasida osonlikcha yo'l berdik. Raqib jamoaning yoshlari juda kuchli. SHu tarafdan biz ancha ortdamiz. Hindistonda ham shu narsani yo'lga qo'yish kerak. Iqtidorli yosh futbolchilar etishib chiqishi uchun ko'p ish qilinishi keak. 

- Oxirgi ikki o'yinda hujumchilarimiz hech narsa qila olishmadi dedingiz. Ularning o'rinbosari yo'qmi?

- Yo'q, uni o'rnini bosadigan hech kim yo'q.

- Keyingi yil uchun rejalar qanday?

- Jamoada pozitiv kayfiyat yaratish kerak. Hozir hammasini aniq ayta olaman. Jamoamizdagi to'rtta eng kuchli o'yinchi tarkibda yo'q. Biz realist bo'lishimiz kerak. Maqsadimiz Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichiga chiqish hisoblanadi. 

- O'zbekiston termasi tarkibidagi yosh futbolchilar haqida gapirdingiz. Hindiston ham aynan yosh futbolchilarga ko'proq etibor berishi kerakmi?

- Albatta, mamlakatimizda yaxshi infrastruktura bo'lmasa, biz yuqori darajadagi futbolchini qanday talab qilishimiz kerak? Biz aynan shu yo'ldan borishimiz kerak. O'yinda ko'rdingiz, raqib hindistonlik futbolchilarga o'ylash uchun vaqt bermayapti. CHunki bu kabi katta musobaqalarda raqib bunga imkon bermaydi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика