So’nggi yangiliklar

02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  20 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  2 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  83 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  17 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:23"Реал"га Родри керак  8 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  7 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  8 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  13 17:10"Бавария" "Барселона"дан Нико Уильямсни илиб кетишга тайёрланмоқда  2

Igor SHkvirinning “Surxon”dagi faoliyatiga nazar Yangiliklar

Igor SHkvirinning “Surxon”dagi faoliyatiga nazar

Xabaringiz bo'lsa kerak, PRO-Ligada kuni-kecha navbatdagi bosh murabbiy istefosi yuz berdi.

Yani bungacha “Surxon” bosh murabbiyi sifatida ishlab kelgan Igor SHkvirin jamoa bilan xayrlashdi. Bizda ko'pincha murabbiylarning ishdan olinishi natija bilan bog'liq bo'ladi. Ishqibozlarga yaxshi malumki, “Surxon” jamoasini bu yilgi chempionatga Dilshod Nuraliev tayyorlagandi. Asosan yoshlar bilan ishlash hadisini olgan Nuraliev o'z oldiga Superligaga chiqish vazifasini qo'ygan Termiz jamoasini qisqa vaqt ichida, kurashchan qilib qo'ygandi. Nuraliev boshchiligida jamoa xatto 1-o'ringa ham chiqib olgandi. Ammo shunga qaramay 18 iyun kuni Dilshod Nuraliev bizga nomalum sabablarga binoan ariza yozib, jamoani tark etdi. Uning o'rniga Igor SHkvirin taklif etildi. “Olmaliq”dagi samarali faoliyati orqali xurmat qozongan Igor Anatolevichda PRO-Ligada ishlash tajribasi biroz kamligi bilinib qoldi. Garchi SHkvirin o'z yoniga ilgari PRO-Liga klublarini boshqargan murabbiylar Abdumalik Hakimov, Gennadiy Kochnev va Abdumajid Toirov singari malakali yordamchilarni olgan bo'lsada, “Surxon” jamoasi muxlislar va rahbariyat kutgan natijani bera olmadi.

Yozgi transfer oynasida SHkvirin katta tavakkalga qo'l urib, katta xatoga yo'l qo'yganini kechroq tushunib etdi. Boisi mavsumning birinchi qismida “Surxon”ning asosiy figuralari bo'lgan Ibrohim Rahimov, Islom Inomov, Suhrob Nematov va Farhod Tojiev singari tajribali futbolchilarning xizmatidan ortiq foydalanmaslikka qaror qilib, ularning o'rniga nisbatan yosh bo'lgan futbolchilarni olib kelishga qaror qildi.

Bu bilan Igor Anatolevich tarkibni deyarli yangitdan tuzdi. Davralar oralig'ida tarkibni butunlay yangilash esa hamisha ham o'zini oqlayvermasligiga oldin ko'p guvoh bo'lganmiz. Boz ustiga “Surxon” safiga yozda kelib qo'shilgan futbolchilar, jamoadan ketganlardan bir bosh ustun yoki ular bilan teng saviyada emasdi. Natijada SHkvirin noto'g'ri olib borilgan selekciya tufayli muammoga duch kelaverdi. Surxondaryolik talabchan muxlislar esa jamoadan hamisha g'alaba kutadi. Ular jamoani kelasi yil Superligada ko'rishni juda-juda istamoqda. Buning uchun har bir o'yinda g'alaba qozonish talab etiladi.

Yuqorida aytib o'tganimizdek, Igor SHkvirin “Surxon”da rasman 18 iyundan ishga kirishib, 5 sentyabr kuni istefoga chiqdi. 54 yoshli murabbiyning Termizdagi faoliyati uch oyga ham bormadi. Bu vaqt oralig'ida “Surxon” SHkvirin boshchiligida 7ta rasmiy uchrashuv o'tkazib, shundan 3tasida g'alaba, 2ta durang va 2ta mag'lubiyat qayd etdi.

21.06.2018. 16-tur.
Surxon - Orol - 7:0 (2:0)

25.06.2018. 17-tur.
“SHo'rtan” – “Surxon” - 0:1 (0:0)

09.08.2018. 20-tur.
“Surxon” – “SHo'rtan” - 1:3 (1:2)

15.08.2018. 21-tur.
“Surxon” – “Orol” - 4:0 (2:0)

20.08.2018. 22-tur.
“Surxon” – “Andijon” - 0:3 (0:2)

26.08.2018. 23-tur.
“Norin” – “Surxon” - 1:1 (0:0)

04.09.2018. 24-tur.
“Surxon” – “Dinamo” - 1:1 (0:1)


Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика