So’nggi yangiliklar

19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  1 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  1 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  12 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  2 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  0 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  19 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  30 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  3 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  35 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  7

Igor SHkvirin: "Zuagidan boshqa hech kim ajralib turmadi" Yangiliklar

Igor SHkvirin: "Zuagidan boshqa hech kim ajralib turmadi"

"Olmaliq" bosh murabbiyi Igor SHkvirin mavsum yakunlari bo'yicha "Futbol Ekspress" gazetasiga intervyu berdi.
Suhbat davomida Igor Anatolevich bu yil shogirdlari orasida SHaker Zuagidan boshqa hech kim ajralib turmaganini aytib o'tdi.

Oliy ligada jamoalar soni oshgani haqida
- Agar moliyaviy talablarni ko'taradigan klublar ko'p bo'lsa, men oliy ligada 18ta jamoa qatnashishi tarafdoriman. Biroq 16ta klub ham yomon emas.

"Olmaliq" 6-o'rinni olgani haqida
- O'tgan yil bilan solishtirganda bu mavsum bir qadam orqaga tashladik. Bundan kerakli xulosani chiqaramiz va kamchiliklarni bartaraf etish ustida ishlaymiz. Kelasi yil medallar uchun kurashadigan jamoa shakllantiramiz.

Zafar Polvonov haqida
- Zafar Polvonov o'tgan yil 14ta gol urib jamoamiz to'purari bo'lgandi. SHundan so'ng yulduzlik kasaliga chalindi, bor gap shu. Menimcha, uni darhol osmondan erga tushirish kerak.

Jamoasidagi legionerlar haqida
- Bu o'rinda avvalo SHaker Zuagini alohida ajratib ko'rsatgan bo'lardim. U o'ziga bildirilgan ishonchni oqladi. Aleksandr Alimpievich ham yaxshi o'ynab turgandi, biroq birinchi davradan keyin ketib qoldi. SHuningdek, safimizni Maqsatmurod SHomurodov ham tark etdi. Zuagi kelasi mavsumni "Olmaliq"da o'tkazmasligi aniq. Bilishimcha, u "Bunyodkor" bilan og'zaki kelishuvga erishibdi.

Diyor Turopov haqida
- Diyor Turopov - alohida mavzu. Futbolchi yarim mavsumni tiklanish bilan o'tkazdi. Qolaversa, ko'pincha terma jamoalarda yurdi. Endi safimizga qaytganida yana terma jamoaga ketib qolaverdi. Qolaversa, jiddiy klublardan taklif bo'layotgani to'g'risidagi gaplar uning boshini aylantirib qo'ydi, garchi hech kim qiziqmagan bo'lsa-da. SHu ham unga xalaqit berdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика