So’nggi yangiliklar

13:38"Престон" ноодатий ҳамкорликни эълон қилди  0 13:11"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми?  2 12:49Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди  0 12:20Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди  0 11:52"Ғаройиб одамлар" фильми режиссёри "Брентфорд" эгаларидан бирига айланмоқчи  0 11:20Тареми Теҳронни тарк этди  3 10:43Томас Мюллер: “МЛСга ўтишим эҳтимолдан холи эмас”  1 10:06"Пахтакор" Қаршида 3 йилдан буён гол ура олмаяпти  10 09:36Эшитдик-да! Ислом Исмоилов тез орада "Нефтчи"да иш бошлайди  30 09:23Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ильгиз Танташев бошқарган учрашувда "Интер" "Ривер Плейт"ни енгиб кейинги босқичга йўл олди  2 08:44"Андижон" охирги маротаба "Хоразм"ни меҳмонда қачон ютган?  5 08:13Гвардиола клублар ўртасидаги ЖЧ олдидан иссиқ ҳақида: "Биз азобланишга тайёр бўлишимиз керак"  3 07:48Лионель Месси Саудия Арабистони клублари билан фаол музокара олиб бормоқда  10 07:30Факт: "Бухоро" 9 йилдан сўнг Олмалиқда ғалаба қозонди  2 06:57Суперлига. Бугундан 14-турга старт берилади  6

Igor SHkvirin: "Zaxiramizda o'yinni kuchaytirib yuboradigan futbolchi yo'q" Yangiliklar

Igor SHkvirin: "Zaxiramizda o'yinni kuchaytirib yuboradigan futbolchi yo'q"

Yakuniga etgan "Andijon" - "Olmaliq" uchrashuvidan keyin (1:1) olmaliqliklar bosh murabbiyi Igor SHkvirin ham matbuot anjumanida qatnashdi.
- Bugungi o'yin natijasidan umuman qoniqmadim. SHogirdlarimga ikki kundan buyon raqibning jadvaldagi o'rniga qarab baxo bermaslik kerakligini aytib kelayotgan edim. Lekin, shogirdlarim bugun xarakter ko'rsata olishmadi, bir qancha xatolarga yo'l qo'ydik. Ayrim chiziqlardagi o'yinchilar bugun bo'sh o'yin namoyish etishdi. Ayniqsa, markazda SHaker Zuagi ko'p xato qildi. Himoyada yo'l qo'yilgan xato evaziga ikki ochkodan mahrum bo'ldik.

Zafar Polvonov bu yil umuman o'zini ko'rsata olmayapti, shuning uchun bu o'yinga uni olib kelmaslikka qaror qildim. Ikkinchi davrada hujumchilarimiz gol ura olishmayotgani uchun ham yaxshi natijalarga erisha olmayapmiz.

Ikkinchi davraga tayyorgarlik davomida biz etakchi o'yinchilarimizni yo'qotdik. Himoyada Mullajonovning o'rnini bosadigan futbolchi topilmayapti, u jamoa etakchisi edi. Zaxira o'rindig'imizda o'yinni kuchaytirib yubora oladigan o'yinchi ko'rinmayapti. Selekciya ishlarimizdan qoniqish hosil qilmadim. Mavjud o'yinchilar bilan oldimizdagi vazifani bajarishga harakat qilamiz, - deb aytib o'tdi Igor SHkvirin.


Komiljon Ikromov yozib oldi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика