- Bugungi o'yin natijasidan umuman qoniqmadim. Shogirdlarimga ikki kundan buyon raqibning jadvaldagi o'rniga qarab baxo bermaslik kerakligini aytib kelayotgan edim. Lekin, shogirdlarim bugun xarakter ko'rsata olishmadi, bir qancha xatolarga yo'l qo'ydik. Ayrim chiziqlardagi o'yinchilar bugun bo'sh o'yin namoyish etishdi. Ayniqsa, markazda Shaker Zuagi ko'p xato qildi. Himoyada yo'l qo'yilgan xato evaziga ikki ochkodan mahrum bo'ldik.
Zafar Polvonov bu yil umuman o'zini ko'rsata olmayapti, shuning uchun bu o'yinga uni olib kelmaslikka qaror qildim. Ikkinchi davrada hujumchilarimiz gol ura olishmayotgani uchun ham yaxshi natijalarga erisha olmayapmiz.
Ikkinchi davraga tayyorgarlik davomida biz yetakchi o'yinchilarimizni yo'qotdik. Himoyada Mullajonovning o'rnini bosadigan futbolchi topilmayapti, u jamoa yetakchisi edi. Zaxira o'rindig'imizda o'yinni kuchaytirib yubora oladigan o'yinchi ko'rinmayapti. Selekciya ishlarimizdan qoniqish hosil qilmadim. Mavjud o'yinchilar bilan oldimizdagi vazifani bajarishga harakat qilamiz, - deb aytib o'tdi Igor Shkvirin.
Komiljon Ikromov yozib oldi