So’nggi yangiliklar

01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  16 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  16 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  1 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 20:50"Машъал" Про-лига вакили билан назорат ўйинида 2 тўп фарқидаги ғалабани ушлаб қола олмади  3 20:29"Шўртан" 4 футболчини таркибига қўшиб олганини маълум қилди  2 19:58"Манчестер Юнайтед" Уоткинс борасида музокараларни давом эттирмоқда  5

Igor SHkvirin: "Turon" bilan yil oxirigacha shartnoma tuzganman" Yangiliklar

Igor SHkvirin: "Turon" bilan yil oxirigacha shartnoma tuzganman"

Superliganing 11-turidan o'rin olgan "Turon" – "Mashal" (0:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Igor SHkvirin o'z fikrlarini bildirdi.





- O'yin haqida

- "Mashal" qarshi hujumda yaxshi o'ynay oladigan kam sonli jamoalardan biri ekanligini bilardik. Buni bilgan holda ularning himoyasida pressingga o'tmadik va qaysidir manoda ustunlikni berdik. Sariq kartochkalari ortib ketgan va jarohatdagi futbolchilar hisobiga 7 futbolchimiz chetda qoldi. Tanlov bizda katta emasdi, shu bois bugun 2 ta o'zgarishga qo'l urdik. Deyarli bitta tarkib bilan o'yin oxirigacha o'ynadik. Yigitlarga o'yin uchun tashakkur bildiraman. Hozirgi holatdan chiqib ketish uchun bizga har bir ochko muhim. Hali oldimizda o'yinlar ko'p, o'yin sifati ustida ishlashda davom etamiz. Menga bugungidek emas, ko'proq hujumkor futbol yoqadi va bu muxlislarga ham manzur keladi. Umuman olganda, durangga mos o'yin bo'ldi.

- Ikkinchi bo'limda yagona hujumchi o'rniga yarim himoyachini tushirdingiz?

- Jasur Hakimov oyog'i og'riyotganini va oxirigacha o'ynay olmasligini bildirdi. SHuning uchun uni almashtirib, o'rniga yarim himoyachini tushirdik. Hozircha bizda bir nechta hujumchi bor deb bo'lmaydi. Abduxoliqov hali o'z ustida ishlashda davom etishi kerak. Yaypanliklarning qiziqishi meni xursand qildi. Biz futbolni muxlislar uchun o'ynaymiz. 

-  Jamoa bilan qancha muddatga shartnoma imzolagansiz?

- Yil oxirigacha. 

- Sinica Babichda jarohat bormi?

- Kecha mashg'ulotlarda hammani ko'rib chiqdim va o'zaro suhbat qurdim. Ularning statistikasi, tayyorgarligi va o'y-qarashlari bilan tanishib chiqdim. Yakunda kurashga tayyor bo'lgan futbolchilarni maydonga tushirdim.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика