So’nggi yangiliklar

11:05Ямаль ва францияликлар: Европанинг 2025 йилдаги энг креатив футболчилари  0 10:42Неймарнинг келажаги маълум  0 10:10“Ал Ҳилол“ Осимхенга сўнгги даҳшатли таклифни юборди  0 09:43“Арсенал“ Виктор Гёкерешни сотиб ололмаган тақдирда кимни харид қилиши маълум  1 09:16Кайл Уокер АПЛнинг бошқа жамоасига ўтиши мумкин  0 08:50Фатининг кейинги жамоаси деярли аниқ  1 08:23Хаби Алонсо “Реал“ футболчиларига ультиматум қўйди  15 07:47CAFA U20 Championship 2025. U-18 терма жамоамиз ҳеч бир учрашувда ғалаба қозонмай мусобақани якунлади  15 07:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Учта қизил кўрсатилган баҳсда “Бенфика“ кичик камбек амалга оширди  2 02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  3 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  3 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  9

Igor SHkvirin: "Superligadan kim tushib ketadi? Hammasi oldinda" Yangiliklar

Igor SHkvirin: "Superligadan kim tushib ketadi? Hammasi oldinda"

Superliganing 15-turidan o'rin olgan "Turon" - "So'g'diyona" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Igor SHkvirin fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bugungi o'yin strategik jihatdan biz uchun muhim ahamiyat kasb etardi. G'alaba zarur edi. Futbolchilar berilgan ko'rsatmalarni to'liq bajarishdi. O'yinga "So'g'diyona"ni o'rgangan holda tayyorgarlik ko'rgandik. Bizga ishonch bildirayotgan rahbariyatimizga ham katta minnatdorchilik bildiraman. Garchi o'yin muxlislarsiz o'tgan bo'lsa-da, ishonamanki, televizor ortida ko'plab yaypanlik ishqibozlar bizga dalda berib turishibdi. Barchalarini jamoa nomidan tabriklayman",- deydi Igor SHkvirin. 

- Humoyun Murtozaev bugun biroz orqaroqda harakat qilgani sizning ko'rsatmangiz bilan bog'liqmi?

- Ha, chunki Sinisha Babich hali tuzalgani yo'q, Sardor Abduraimov ham tayyor emas. SHu bois Humoyunni hujumchi ortida sinab ko'rishga qaror qildik. 

- Bugungi uchrashuvda qaysi futbolchi o'zini ko'rsata oldi?

- Men aynan bitta futbolchini ajratib ko'rsatmagan bo'lardim. Barcha futbolchilar ko'rsatmalarni bajarishdi. Maydonda birinchi o'rinda xohish va ishtiyoq yuqori ekanligi ko'rinib turdi. Futbolda qanotlardan tashkil qilingan hujumlar markazdan uyushtirilgan hujumdan ko'ra doim keskinroq bo'ladi. SHuningdek, muxlislarga ham manzur keladi. Bizda qanotda Bilol Toshmirzaev yaxshi o'ynamoqda. Unda dribling bor. Umid qilamanki, bu bizga foyda keltiradi. 

- Sunnatilla Abdullajonovning holati qanday?

- Uning jarohati xavfli emas. Bu futbolda bo'lib turadigan holat. Jiddiy narsa yo'q. 

- Ayni paytda Superligada qolish uchun quyi o'rinlardagi jamoalar orasida raqobat kuchli kechmoqda. Sizningcha, qaysi jamoalarning Superligadan tushib ketish ehtimoli bor?

- Bu haqda gapirish qiyin. Masalan, kecha "Surxon" "Andijon"ni mag'lub etdi. "Mashal" "Paxtakor" bilan qanday o'ynaganini hamma ko'rdi. Toshkentda durang natijaga erishishi ham mumkin edi. SHunday ekan, hammasi oldinda. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика