So’nggi yangiliklar

12:49Мажлис келишилган ўйинлар масаласини кўтарди  0 12:21Бенту қўлдан чиқди, навбат Гжегож Бржэнчшчикиевичга  29 12:00Анчелотти Неймарнинг Бразилия термасига нега чақирилмаганини изоҳлади  1 11:34Аргентина терма жамоаси собиқ бош мураббийи Бразилияда иш бошлади  1 11:13 Н'Голо Канте "Париж"га ўтиши мумкин эди  0 10:50Ислом Исмоилов: "Шогирдларим рақиб ким эканлигига қарамай ҳужумкор ўйин кўрсатишга интилишди"  6 10:30"Муҳсин, биз сен билан!"– Самарқандда ўзбек футболи юлдузлари иштирокида хайрия учрашуви ўтказилади  10 10:05"Аталанта" Лукманни жамоада олиб қолмоқчи   0 09:30Қирғизистон терма жамоаси ярим ҳимоячиси Одил Абдураҳмонов: "Янада кучли бўлишимиз керак"   1 09:05Курт Зума эркин агент сифатида Руминия клубига ўтди  1 08:50 Рахим Стерлинг “Челси”дан кетишдан бош тортди ва асосий жамоадан ажратилди  5 08:20Самюэль Умтити 10 сентябргача янги жамоа топмаса, фаолиятини якунлаши мумкин  7 07:50Акмал Мозговой: "Рақибимизнинг кучли ва кучсиз тарафларини ўрганиб чиқдик"   1 07:24Митрович Осиёнинг бошқа жамоасига ўтмоқда  5 00:50"Ливерпуль" Кьезани Чемпионлар Лигаси қайдномасига киритмагани маълум бўлди  5

Igor SHkvirin: "Paxtakor"ni haqli g'alaba bilan tabriklayman Yangiliklar

Igor SHkvirin: "Paxtakor"ni haqli g'alaba bilan tabriklayman

"Paxtakor" - "Olmaliq" uchrashuvidan so'ng bo'lib o'tgan matbuot anjumanida Igor SHkvirin ishtirok etdi.
"Paxtakor"ni haqli g'alaba bilan tabriklayman. Bizda deyarli hech nima o'xshamadi, faqat so'nggi 5 daqiqada hujumga o'tdik. Dastlabki 85 daqiqada biz futbol o'ynamadik.

Obid Jo'raboev to'pni yonga va orqaga oshirdi, bu atayin qilinmagan. Menimcha uning jismoniy tayyorgarligi etarli bo'lmagani uchundir. Lekin ishontirib aytamanki u ataylab qilmadi. Men o'ynagan vaqtlarda shunday pas berilsa yarim yil zaxirada o'tirardik.

Bugun gol urishga yaqin kelgan vaziyatni eslay olmayman. Darko Stanoevich maydonga tushmadi, lekin bu bahona emas.

Men g'alaba qozongan tarkibni almashtirmaydigan murabbiylar qatoriga kirmayman. Masalan "Paxtakor"da ham bugun bir qator futbolchilar almashishgandi. Abibullaevni dastlabki 5 daqiqada ko'rdim, u to'rt bor to'pni yo'qotdi.

Bu yil chempionlik uchun odatdagidek "Paxtakor", "Bunyodkor" va "Lokomotiv" kabi klublar kurashishadi. Ular orasiga "Nasaf" va biz qo'shilishimiz mumkin.

Keyingi o'yinda SHerzod Hakimovga imkon beramiz. Polvonov o'tgan yil 14ta gol urib bu yil bironta ham gol urmadi.

O'tgan safar matbuot anjumaniga kirmagandim va "Bunyodkor"ga o'tganim haqida gaplar chiqdi? Yana bir bor matbuot anjumaniga kelmasam qaysi klubga o'tkazib qo'yasizlar (kuladi). Bu hammasi mish-mish.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика