So’nggi yangiliklar

14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  6 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  0 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  5 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  6 09:30Суперлиганинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  20 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  8

Igor SHkvirin O'zbekiston kubogi finalidan oldin: "Qosimov yirik mag'lubiyatdan so'ng futbolchilarni finalga qanday tayyorlagani muhim" Yangiliklar

Igor SHkvirin O'zbekiston kubogi finalidan oldin: "Qosimov yirik mag'lubiyatdan so'ng futbolchilarni finalga qanday tayyorlagani muhim"

Teglar :  Igor SHkvirin
Taniqlik sobiq futbolchi, OKMK jamoasida uzoq yillar ishlagan Igor SHkvirin ertangi kubok finali oldidan fikrlarini bildirdi.

Igor Anatolevich OKMKning bugungi holatiga ham to'xtalib o'tdi. 

Nasaf

Javohir Sidiqov - 71'

O'zbekiston kubogi . 4-tur

12/11/2023, 17:00

0
:
1
Tugadi

OKMK

45'
90'
55'  Sukhrob Nurulloyev
60'  Marko Stanoevich (Azizbek Amonov)
60'  Sukhrob Nurulloyev (Bahrom Abdurahimov)
71'  Javohir Sidiqov
74'  G'olib G'aybullaev
80'  Javohir Sidiqov
80'  Javohir Sidiqov (Jambuli Jigauri)
90'  Mateus Lima
90'  Oybek Bozorov (Doniyor Narzullayev)
90'  Mateus Lima (Andres CHaves)
62'  Islom Tuxtaxo’jayev
77'  Sanjar Tursunov
80'  Sanjar Tursunov (Siyavash Haqnazariy)
80'  Xurshid G’iyosov (Muhammadanas Hasanov)
88'  Vitaliy Denisov (Murat Yermatov)
88'  Mirjamol Qosimov (Asilbek Umirzoqov)

- Birinchidan final bitta uchrashuvdan iborat. Men imkoniyatlarni 50/50 baholagan bo'lardim. "Nasaf" o'z maydonida Qarshida o'ynaydi. Bu narsa ularning foydasiga ishlashi malum. Stadionda qarshilik muxlislar ko'p bo'lishi tabiiy holat. Qarshida futbolni yaxshi ko'rishadi boz ustiga o'yin kubok finali maqomida. Lekin kubok bitta o'yindan iborat va yuqoridagi detallar katta ahamiyat kasb etmasligi mumkin. O'yin uslubi taraflama oladigan bo'lsak deyarli bir-biriga o'xshash. To'p nazoratiga, o'yinni o'z qo'liga olishga harakat qilishadi. 

- Ko'pchilikni o'ylantirayotgan jihat, OKMKning mag'lubiyatdan keyingi tayyorgarligi. CHunki OCHLdagi mag'lubiyat istalgan futbolchi va murabbiy uchun qattiq zarba hisoblanadi. "Qizilqum"da ishlaganimda "Paxtakor"ga 0:11 hisobida mag'lub bo'lgan edik. Amaliyotimda bunday vaziyatga duch kelganman. Yutqazdik va men ketish uchun ariza yozdim. Rahbarimiz Nikolay Semyonovich Dyakov arizani qabul qilmagandi. O'shanda rahbariyat qo'llab-quvvatlagan. OKMKda ham shunga o'xshash holat. Birinchi o'rinda barchasini tahlil qilish lozim. Qanday bo'ldi, nima sabablar bunday holatga olib keldi. OKMK rahbariyati Qosimovga ishonishda davom etsa, keyingi mavsumda barchasi boshqacha bo'ladi, deb o'ylayman. Qosimov qanday ishlashni biladi. U 4 yil ichida isbotlay oldi. OKMK OCHLda o'ynashni boshladi. Bu yil jamoa 2ta o'yinni yutib chiqdi va guruh bosqichiga yo'llanma oldi.


-  O'tgan o'yin Qosimov uchun yaxshigina dars bo'ldi, deya olaman. Hozirda istefoga chiqarish fakt bilan qaralganda to'g'ri bo'ladi, deb o'ylamayman. Men vaqtida boshimdan o'tkazganman. Bu erda rahbariyat va homiylar qanday munosabatda bo'lishi muhim. Qosimov mag'lubiyatdan so'ng bu haftani qanday o'tkazgani, futbolchilarga qanday ko'rsatmalar bergani, qanday tayyorlagani muhim. Kubok finali OCHLga yo'llanma beradi. SHu bois OKMKda katta motivaciya bor. Jamoa to'rtinchi o'rin bilan mavsumni yakunlasa, hech narsa bermaydi. 

- Endi jamoani o'rniga qaraydigan bo'lsak, eng ko'p gol urgan jamoa ham, eng ko'p gol o'tkazib yuborgan jamoa ham OKMK bo'lib turibdi. Agarda jamoa yaratgan vaziyatlarini golga aylantirganida barchasi boshqacha ko'rinish olardi. Balki etakchiga aylanardi. OKMKning hujumda o'ynashi yaxshi. Lekin orqa chiziqda muammolari ham borligini inkor qilib bo'lmaydi. OKMKning gol urishiga, vaziyatlar yaratishiga ishonaman. Lekin o'tkazib yubormaydi, deb ishonch bilan aytish qiyin. Ularga keyingi mavsumda ham imkoniyat berilsa, tarkibda o'zgarishlar amalga oshiriladi. Murabbiylar shtabi barchasini tushunib turibdi. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика