Igor SHkvirin: “Natijadan qoniqdim”
06 avg 2017 22:42
Yangiliklar
Igor SHkvirin: “Natijadan qoniqdim”
Oliy liganing 16-turida “So'g'diyona” o'z maydonida “Bunyodkor” ni qabul qildi. O'yinda hisob ochilmadi.
O'yindan so'ng “So'g'diyona” bosh murabbiyi Igor SHkvirin matbuot anjumanida qatnashdi.
- Jamoa rahbariyati va mening maqsadim mavsumni kuchli o'nlikda yakunlash. “Bunyodkor” bilan bo'lib o'tgan o'yinga kelsak, natijadan qoniqdim ammo sifati bilan qoniqmadim. Hali oldinda ish judayam ko'p. Jamoa bilan ikkita mashg'ulot o'tkazdim. Bu faqatgina o'yindagi kurashlarga o'rgatadi. G'alaba qozonish uchun hali ishlash kerak. Bu esa boshqacha yo'l bilan mashg'ulotlar olib borish kerak. Bugun shunaqa o'yin bo'ldi. Mashg'ulotlarga diqqatni qaratib, keyingi o'yinlarda hujumkor futbol namoyish etib jizzaxlik muhlislarni xursand qilamiz degan umiddaman - Igor SHkvirin.
“So'g'diyona” matbuot xizmati

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Расман: "Металлург" қайта тикланди
Fikrlar