Igor SHkvirin: “Nasaf” haqli ravishda g'alaba qozondi
09 avg 2016 07:45
Yangiliklar
Igor SHkvirin: “Nasaf” haqli ravishda g'alaba qozondi
Matbuot anjumanining dastlabki qismida “Olmaliq” jamosi bosh murabbiyi Igor SHkvirin qatnashdi.
- O'yin haqida agar qisqacha qilib aytsam, “Nasaf” bugun haqli ravishda g'alaba qozondi. Davralar oralig'ida “Nasaf”da ham, bizning tarkibimizda ham ko'plab o'zgarishlar amalga oshirildi. Birdan tarkibga qo'shilgan yangi o'yinchilar haqida xulosa qilish noo'rin. CHunki yangi o'yinchilarning harakatiga baho berish uchun vaqt talab etiladi. Umuman “Nasaf” jamoasining tarkibiga kelib qo'shilgan legionerlar bugun yaxshi harakat qilishdi, ko'rinib turibdi serbiyalik hujumchi bo'ydor ekan, u boshi bilan ham yaxshi o'ynashi mumkin. Krasich ham bugun yaxshi harakat qildi. Umuman o'yinchilarning bir-birlarini tushunib ketishlariga va o'z o'yinini to'liq namoyish etishiga vaqt kerak bo'ladi.
Bugungi o'yinning ikkinchi bo'limida tarkibimizni kuchaytiradigan o'yinchi qolmadi, ko'rdilaringiz birinchi bo'limni o'zidayoq uchta o'yinchi almashtirishga majbur bo'ldik. Maydonda harakat qilgan o'yinchilarimizda bazi vaziyatlarda omad etishmagan bo'lsa, bazida tajribasizlik qilishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлиб ўтди (тўлиқ тақвим)
Хитой компанияси "Истиқлол" стадионини реконструкция қилиш ва кенгайтириш бўйича лойиҳа таклиф этди
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
Fikrlar