So’nggi yangiliklar

20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  1 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  4 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  3 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  4 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  6

Igor SHkvirin: "Kurash so'nggi turga qadar davom etadi" Yangiliklar

Igor SHkvirin: "Kurash so'nggi turga qadar davom etadi"

Superliganing 18-turi doirasida AGMKga qarshi o'yindan keyin "Turon" bosh murabbiyi Igor SHkvirin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"AGMK adolatli g'alabaga erishdi. Futbolchilarning mahorati va jamoaviyligi ko'rindi. SHunday bo'lishini bilardik va futbolchilarni ogohlantirib ham qo'ygandik. Yana bir bor olmaliqliklarni tabriklayman", – Igor SHkvirin.

- Fozil Musaevning himoyada o'ynagani o'zini oqladimi? Uning o'yiniga qanday baho berasiz?

- Fozil yaxshi o'yin namoyish qildi. Bu qarorga kelish aslida oson bo'lgani yo'q. Himoyamiz markazida muammolar bor edi. Toshtemirovning sog'lig'ida ham muammolar paydo bo'ldi. SHu sababli uni markaziy himoyaga qo'ydik. Birinchi paslarni qabul qila oladigan futbolchilar doimo himoyada o'ynay olishgan. Balki u havodagi kurashlarda unchalik yaxshi emasdir, ammo uning paslari yaxshi. Ehtimol, bu katta ustunlik bermas, biroq shu orqali o'zimizni yaxshi his qildik.

- Turnir jadvalining quyi qismida borayotgan jamoalar orasida kurash jiddiy davom etyapti. Imkoniyatlarni qanday baholaysiz?

- Bu so'nggi turga qadar davom etadi. Bizning taqvimimiz ham oson emas, raqiblarga ham g'alaba kerak. Holatni yaxshilashga harakat qilamiz. Mag'lub bo'lganimiz yoqimli emas, lekin ruhimizni tushirib yubormaymiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика