Igor Shkvirin: "Ikkinchi davrani birinchisidan ko'ra yaxshiroq o'tkazmoqchimiz"

1 iyul 2016, 09:10
Oliy liganing 15-turidan o'rin olgan "Olmaliq" - "Qo'qon-1912" (3:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Igor Shkvirin o'z fikrlarini bildirdi.
"Birinchi davraning so'nggi turi ortda qoldi. Birinchi bo'limda nima qilganimizga tushunmadim, juda sekin harakatlar va tushunarsiz harakatlar. Ikkinchi bo'limda esa vaziyatlar yaratdik va gollar urdik. Ammo kerakmas gollar o'tkazib yubordik.

Agar birinchi davrani tahlil qilsak dastlab juda yomon o'ynadik, keyin o'zimizga keldik. Tanaffusda tarkibni kuchaytirishni o'ylab turibmiz. Ikkinchi davrani birinchisidan ko'ra yaxshiroq o'tkazmoqchimiz", - deydi Shkvirin.

"Olmaliq" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia