Igor SHkvirin: "Anchadan buyon 3ta gol urmayotgandik"
08 may 2016 20:48
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/206389_original.jpg)
![](/upload/storage/206389_220.jpg)
Igor SHkvirin: "Anchadan buyon 3ta gol urmayotgandik"
Oliy liganing 8-turidan o'rin olgan "Olmaliq" - "Neftchi" (3:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Igor SHkvirin ishtirok etdi.
"Yaxshi o'ynadik. Raqibni yaxshi o'rgangandik. Yigitlar barcha ko'rsatmalarimizni bajarishdi. Anchadan buyon 3ta gol urmayotgandik. Bu odamni xursand qiladi. Oldinda yana qiyin o'yinlar bor. "Neftchi"da qanday muammolar borligini bilmayman. Bugun ikkala bo'limda ham birdek o'ynay oladik. Farhon Tojiev nega zaxirada qoldirildi? Unda kichik jarohat bor edi. Bundan tashqari Ro'zimboy o'z sobiq jamoasiga qarshi o'yinda boshqacha o'ynashini kutgandim. SHunday ham bo'ldi", - deydi SHkvirin.
"Olmaliq" matbuot xizmati
"Olmaliq" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar