So’nggi yangiliklar

23:59Неймар жароҳатидан тикланиши ҳақида: "Барчасини ташлаб юборгим келади"  0 23:23"Барселона" президентлигига собиқ даъвогар: "Лапорта ёлғон гапирди"  1 22:58Конференциялар лигаси. "Астана" ва "Ордабаси" навбатдаги босқичда!  2 22:19Анчелотти - Роналду ҳақида: "У билан барчаси осон"  1 21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  1 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  1 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  3 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  2 19:18"Агар сенда "Милан" варианти бўлса, ўйлаб ўтирма!"  0 18:50Расман: Фёдор Чалов — ПАОК футболчиси!  2 18:34Расман: Страхиня Павлович — "Милан" футболчиси  1 18:08"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Камолов Жалолиддин  0

Igor Sergeevning xet-trigi "Paxtakor"ga g'alaba keltirdi Yangiliklar

Igor Sergeevning xet-trigi "Paxtakor"ga g'alaba keltirdi

Oliy liganing 3-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Buxoro" uchrashuvida mezbonlar ishonchli g'alabani tantana qilishdi.
Oliy liga, 3-tur.

PAXTAKOR – BUXORO 3:1
3 aprel 2015. Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 18:00
Hakamlar
: M.Muxamedov, T.Gaynulin, S.SHoyusupov, D.Muxtorov.
Nazoratchi
: R.Serazetdinov.
Gollar
: Sergeev (8, 53, 56), Abibullaev (10)

"Paxtakor"
: Aleksandr Lobanov, Aleksandr Merzlyakov, Egor Krimec (s), Adnan Oraxovac, Davron Hoshimov, Akbar Ismatullaev (Kaxi Maxaradze, 46), Vladimir Kozak, Stanislav Andreev (Bahodir Pardaev, 76), SHerzod Karimov, Jamshid Iskanderov, Igor Sergeev
Zaxira
: Nikita Ribkin, Murod Xolmuhammedov, Navro'zbek Alimov, Anvar Soliev.

"Buxoro"
: Farruh Turdialiev, Saidkomil Akbarov, Vadim Kravchesku, Evgeniy Kochnev (Jamoliddin Ubaydullaev, 59), Suhrob Nematov (s) (Jamshid Hasanov, 67), Vitaliy Plemedale, Otabek Isroilov, Otabek Narzullaev, Dilyaver Abibullaev, Bogdan Xaushi, Axror Umarjonov (Zayniddin Tojiev, 72)
Zaxira
: Aleksandr Korneychuk, Vyacheslav Ponomaryov, Ravshan Aslonov, Islom Xoliqov.
Ogohlantirishlar
: Vadim Kravchesku (7), Saidkomil Akbarov (29)
 

                                 MATNLI TRANSLYACIYA
                                           
YANGILASH



- UCHRASHUV YAKUNLANDI!


90` Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.



Uchrashuv qahramoni - Igor Sergeev!





83`
Vladimir Kozakning jarima zarbasidan yo'llagan to'pi noaniq ko'rinish oldi.


81`
O'yinni stadiondan turib 1103 nafar ishqiboz tomosha qilib bormoqda.


79` Xavfli vaziyat!!!!!!!!! Kaxi Maxaradze?!?!?!
Gruziyalik futbolchi hozir barcha ishni alo darajada amalga oshirdi! Raqib darvozabonigacha aldab o'tdi va bo'sh qolgan darvozaga zarba berishni ancha cho'zib yubordi. Natijada Maxaradze to'pni o'ziga yaxshi to'g'irlab olib zarba bergunicha raqib himoyachilari darvoza chizig'i oldiga etib kelishdi va Kaxining aniq zarbasini chiziq ustidan bartaraf etishdi.


78`
Uchrashuv vaziyatlarsiz davom etmoqda.


76`
O'zgarish. "Paxtakor". Stanislav Andreev o'rniga Bahodir Pardaev chiqdi.


74`
"Buxoro" jarima zarbasi tepish huquqini qo'lga kiritdi. Biroq ushbu standart vaziyati mehmonlarga naf keltirmadi.


72`
O'zgarish. "Buxoro". Ahror Umarjonov o'rniga Zayniddin Tojiev tushdi.


70`
Uchrashuv tempi biroz pasaydi. O'yin asosan maydon markazida kechmoqda.


68`
Davron Hoshimovning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.


67`
O'zgarish. "Buxoro". Suhrob Nematov o'rniga Jamshid Hasanov maydonga tushrildi.


65`
"Buxoro" futbolchilarida oldingi chiziqda ijodkorlik etishmayapti.


63`
"Buxoro" ham vaziyatni tenglashtirish maqsadida oldinga qarab bormoqda.


61`
Kaxi Maxaradze va Jaloliddin Masharipov maydonga tushganidan so'ng maydon egalarining o'yini ancha kuchaydi.


60`
Ikkinchi bo'limda "Paxtakor" raqibini jarima maydonchasi ichiga "bo'g'ib" qo'ydi.


59` O'zgarish. "Buxoro". Evgeniy Kochnev o'z o'rnini Jamoliddin Ubaydullaevga bo'shatib berdi.



56` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! IGOR SERGEEV! "Paxtakor" chap qanotdan hujum tashkil qildi. Stanislav Andreevning jarima maydonchasi ichiga erlatib bergan to'pini Igor Sergeev to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi va uchrashuvdagi o'z xet-trigini nishonladi, 3:1!


55
` O'zgarish. "Paxtakor". SHerzod Karimov o'rniga Jaloliddin Masharipov tushdi.


53` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! IGOR SERGEEV! SHerzod Karimovning burchakdan oshirib berilgan to'pini Igor Sergeev boshi bilan darvozaga to'g'irlab qo'ydi, 2:1!



"Buxoro" futbolchilari "Paxtakor"ning quvonchini uzoq cho'zilishiga yo'l qo'yishmadi



"Paxtakor" futbolchilarining goldan keyingi quvonchi


49`
"Paxtakor"ning hujumini Farruh Turdialiev bartaraf etishga erishdi.


48`
Jamoalar navbati bilan hujumga o'tishdi. Lekin masala zarba berishgacha bormadi.


46` O'zgarish. "Paxtakor". Akbar Ismatullaevning o'rniga Kaxi Maxaradze maydonga tushirildi.


46`
Ikkinchi bo'lim boshlandi!


- Birinchi bo'lim tugadi. TANAFFUS!



45` Birinchi bo'limga 1 daqiqa vaqt qo'shib berildi.


44`
Aleksandr Merzliyakovning jarima maydonchasi ichiga oshirib bergan to'pini Stanislav Andreev boshi bilan darvozaga yo'lladi. Farruh Turdialiev o'z o'rnida.


42`
Burchak zarbasi mezbonlarga samara keltirmadi. Keyingi hujumda esa Igor Sergeev o'yindan tashqari holatda qolib ketgani qayd etildi.


41`
Maydon egalarining ketma-ket hujumlari davom etmoqda. CHap qanotdan Stanislav Andreevning jarima maydonchasi ichiga oshirgan to'pini himoyachilar bartaraf etishdi. Burchak to'pi.


40`
"Paxtakor" birinchi bo'lim so'nggiga kelib o'z hujumlari sonini oshirdi va ularning hujumlari ancha keskinlashdi.


38` Xavfli vaziyat!!!
"Buxoro" himoyachisi qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va Igor Sergeev darvozabon bilan deyarli yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi. Lekin Sergeev ushbu imkoniyatdan unumli foydalana olmadi. Farruh Turdialiev o'z postini yaxshi qo'riqladi.


36`
"Paxtakor" hududiy ustunikka ega. To'p nazorati ham to'liq mezbon jamoa vakillarida.


34`
"Buxoro"ning kam sonli hujumlaridan biri yakuniga etmay qoldi.


32`
"Buxoro" himoyachisi Evgeniy Kochnev o'yindan tashqari holatda qolib ketgani uchun mehmonlarning hujumi to'xtab qoldi.


30`
Belgilangan jarima zarbasidan mezbonlar unumli foydalana olishmadi.


29`
Saidkomil Akbarov Igor Sergeevni qoidani buzgan holda to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.


27` Xavfli vaziyat!!!!!!
Igor Sergeev qulay vaziyatga chiqib bordi va to'pni darvozabonni ustidan oshirib tashlamoqchi bo'ldi. Biroq bu vaziyatda Farruh Turdialiev yaxshi harakat qildi va to'pni qaytardi. Qaytgan to'pni esa bo'sh qolgan darvozaga Vladimir Kozak yo'llay olmadi. Aniqrog'i so'nggi pallada himoyachi to'pni darvoza chizig'i ustidan qaytarib qolishga muvaffaq bo'ldi.


25`
O'yin surati biroz pasaydi. Xavfli vaziyatlar deyarli sodir etilmayapti.


23`
"Buxoro" asta-sekin o'yinni o'z jarima maydonchasi oldidan uzoqlashtirishga erishmoqda.


21`
SHerzod Karimov o'ng qanot bo'ylab yurish qildi va to'pni jarima maydonchasi ichiga oshirdi. Bu vaziyatda Farruh Turdialiev chaqqon harakat qildi va to'pni ushlab oldi.


19`
Andreev maydonga qaytdi. O'yin davom etmoqda.


18`
Stanislav Andreevga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.


16`
O'yin asosan "Buxoro" jarima maydonchasi atrofida kechmoqda. Tashabbus "Paxtakor" qo'lida. Biroq mehmonlarning qarshi hujumlari qanday xavfli ekanligini birinchi hujumda ko'rdik.


14`
Jamshid Iskanderovning jarima zarbasidan yo'llagan to'pini Farruh Turdialiev qiyinchilik bilan bo'lsada bartaraf etdi.


12`
"Buxoro" "Paxtakor"ga juda tezlik bilan javob qaytara oldi. SHuni takidlab o'tish kerakki, mehmonlarning birinchi hujumlariyoq gol bilan yakunlandi.


10` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Dilyaver Abibullaev! Jarima tashqarisi turib Dilyaver Abibullaev to'pni darvozaga yo'lladi, bu vaziyatda Lobanov vaziyatni to'g'ri baholay olmadi va hisob tenglashdi, 1:1!



9` Jarima zarbasidan so'ng "Buxoro" jarima maydonchasi ichida mehmonlar himoyachilari Egor Krimecni bo'sh qoldirishdi. Krimec yaqin masofadan to'pni darvozaga yo'lladi, biroq himoyachi so'ngi pallada to'pni bartaraf etdi. Qaytgan to'pni esa Sergeev bo'sh qolgan darvozaga joylab qo'ydi, 1:0!



8` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! IGOR SERGEEV!



8`
Vadim Kravchesku hakam tomonidan ogohlantirildi.


7`
Vadim Kravchesku Stanislav Andreevni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Jarima to'pi.


5`
Stanislav Andreevning darvoza tomon yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.


4`
Jamshid Iskanderov to'p uzatish bilan SHerzod Karimovni qulay vaziyatga chiqarib yubordi. Biroq Karimov bu vaziyatda o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.


3`
"Paxtakor" burchak to'pini amalga oshirdi. Ikkinchi qavatda mehmonlar himoyachilari yaxshi harakat qilishdi va xavfni bartaraf etishdi.



2`
"Paxtakor" hujumkorlik bilan o'yinni boshladi. Dastlabki standart vaziyatini aynan mezbonlar amalga oshirdi.


- UCHRASHUV BOSHLANDI!



- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda


- Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика