So’nggi yangiliklar

14:34"Барселона" ҳимоячиси Мартин: "Айнтрахт" Франкфуртга қарши ўйинда очко йўқотишга ҳаққимиз йўқ"  0 14:05Каррагер: "Салоҳ "Ливерпул"га қўшилишидан олдин "Челси"да муваффақиятсизликка учраган одам сифатида танилганди"  5 13:37Жалолиддин Машариповга водий жамоаларидан қизиқиш бор, бироқ...  3 13:10Суперлига-2025. Автоголлар статистикаси  0 12:50TVCOM'да бугунги ўйинлар: ЕЧЛ қайтди ва бошқалар  0 12:27Transfermarkt: Ўрунов — Эрон чемпионатининг энг қиммат футболчиси, Машарипов ўнликда  3 11:53Зидан "Реал"га мураббийлик қилиш ниятида эмас  3 11:17"Манчестер Сити" ҳимоячиси кулгили тарзда жароҳат олди  4 10:45"Челси" етакчиси EЧЛнинг навбатдаги турида майдонга тушмайди  0 10:14"Андижон" футболчиси: "Мураббий билан ҳаммаси яхши кетяпти"  5 09:25"Ливерпуль" Салоҳнинг ўрнига Германиядан футболчи топиб қўйди  6 08:48Левченконинг штабидаги мураббий "Сўғдиёна"да иш бошлади  2 08:20Гвардиола: "Бошқа бундай ўзимни ожиз ҳис қилишни истамайман"  5 07:52Ўзбекистонлик тажрибали ҳакам фаолиятини якунлади  2 07:24"Барселона" футболчиси руҳий ҳолати сабабли бошқа майдонга тушмаслиги мумкин  7

Igor Sergeevga Angliya klubi qiziqish bildirganmi? Futbolchining agenti bunga oydinlik kiritdi Yangiliklar

Igor Sergeevga Angliya klubi qiziqish bildirganmi? Futbolchining agenti bunga oydinlik kiritdi

O'zbekiston terma jamoasi va "Aktobe" klubi hujumchisi Igor Sergeevga Angliya klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabar chiqqandi.

Championat.asia sayti futbolchining agenti Ro'zimurod Usmonov bilan bog'landi hamda vaziyatga oydinlik kiritdi.

"Ayni paytda Igor Sergeevga ko'plab qiziqishlar mavjud. Ular orasida Evropa TOP chempionati klublaridan variantlar ham bor. Lekin bu malumotni sir saqlashni maqsad qilgandik, sababi hali muzokaralar ham o'tkazilmagan. Biroq Sergeev haqida malumot chiqib ketgani uchun bunga oydinlik kiritib o'tishga qaror qildik.

"Aktobe" safida ajoyib o'ynayotgan Igor Sergeev Evropaga intilmoqda. Osiyo klublaridan yozgi transfer oynasi uchun aniq takliflar bor, biroq hujumchi etiborni Evropaga qaratmoqda va Osiyodan bo'layotgan takliflarni ko'rib chiqish xohishi yo'qligini bildirdi.

Qishda Sergeevda Ruminiyaning CHFR va "Sepsi" klublaridan aniq taklif va shartnoma bor edi. Bundan tashqari Greciya klubi ham unga qiziqqandi. Biroq pandemik vaziyat tufayli viza chiqishi cho'zilib ketish ehtimoli yuqorligi, bundan tashqari bu chempionatlarda mavsum yakuni va hal qiluvchi palla bo'lgani bois variantlar rad qilindi. Yozgi transfer oynasi vaqtida ham Ruminiya klublari unga taklif bilan chiqishmoqchi. Angliya varianti ham haqiqatga yaqin, lekin endi ishlab chiqilayotgan variantlardan biri hisoblanadi. Agar klubning qiziqishi jiddiy bo'lsa bu borada biz ham jiddiy ish olib boramiz", - deydi Igor Sergeevning agenti championat.asia saytiga. 


Sergeev Qozog'istonni zabt eta oladimi?        


Reyting: +52   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика