Igor Sergeevga Angliya klubi qiziqish bildirganmi? Futbolchining agenti bunga oydinlik kiritdi

Narzulla Saydullayev
23 apr 2021, 14:00
O'zbekiston terma jamoasi va "Aktobe" klubi hujumchisi Igor Sergeevga Angliya klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabar chiqqandi.

Championat.asia sayti futbolchining agenti Ro'zimurod Usmonov bilan bog'landi hamda vaziyatga oydinlik kiritdi.

"Ayni paytda Igor Sergeevga ko'plab qiziqishlar mavjud. Ular orasida Yevropa TOP chempionati klublaridan variantlar ham bor. Lekin bu ma'lumotni sir saqlashni maqsad qilgandik, sababi hali muzokaralar ham o'tkazilmagan. Biroq Sergeev haqida ma'lumot chiqib ketgani uchun bunga oydinlik kiritib o'tishga qaror qildik.

"Aktobe" safida ajoyib o'ynayotgan Igor Sergeev Yevropaga intilmoqda. Osiyo klublaridan yozgi transfer oynasi uchun aniq takliflar bor, biroq hujumchi e'tiborni Yevropaga qaratmoqda va Osiyodan bo'layotgan takliflarni ko'rib chiqish xohishi yo'qligini bildirdi.

Qishda Sergeevda Ruminiyaning CHFR va "Sepsi" klublaridan aniq taklif va shartnoma bor edi. Bundan tashqari Gretsiya klubi ham unga qiziqqandi. Biroq pandemik vaziyat tufayli viza chiqishi cho'zilib ketish ehtimoli yuqorligi, bundan tashqari bu chempionatlarda mavsum yakuni va hal qiluvchi palla bo'lgani bois variantlar rad qilindi. Yozgi transfer oynasi vaqtida ham Ruminiya klublari unga taklif bilan chiqishmoqchi. Angliya varianti ham haqiqatga yaqin, lekin endi ishlab chiqilayotgan variantlardan biri hisoblanadi. Agar klubning qiziqishi jiddiy bo'lsa bu borada biz ham jiddiy ish olib boramiz", - deydi Igor Sergeevning agenti championat.asia saytiga. 


Sergeev Qozog'istonni zabt eta oladimi?        


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia