Igor Sergeev "Tobol"dagi faoliyatini davom ettiradi
18 jan 2022 22:08
Yangiliklar
"Igor Sergeev "Tobol" bilan shartnomasini uzaytirdi, u klub bilan Evropada muvaffaqiyat qozonish niyatida", – deydi Sergeevning agenti Ro'zimurod Usmonov championat.asia saytiga.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi 2021 yilgi mavsumda Qozog'iston chempionligini qo'lga kiritdi hamda mavsumdagi eng chiroyli golga mualliflik qildi.
SHuningdek, 28 yoshli forvard 11 ta gol bilan to'purarlik poygasida 3-o'rinni band etdi.
Fikrlar