So’nggi yangiliklar

11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  0 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  7 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  1 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  1 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  0 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  14 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  3 08:07Сервер Жепаров: "Пахтакор"га "Нефтчи"нинг зич ҳимоясини ёриб ўтиш осон бўлмайди"  13 07:50Суперлига. ОКМК "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда ютқазди. "Навбаҳор" ва "Сурхон" баҳсида эса ҳисоб очилмади  4 07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  15 07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0

Igor Sergeev: "Suniy maydon katta muammo bo'lmaydi degan umiddaman" Yangiliklar

Igor Sergeev: "Suniy maydon katta muammo bo'lmaydi degan umiddaman"

Srechko Katanec boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati saralash bahslariga tayyorgarlikni boshladi.

Bugundan Toshkentda yig'inga kirishgan terma jamoamiz ixtiyoriga legionerlarimiz ham kelib qo'shilmoqda. Tailandning "Patum Yunayted" klubi hujumchisi Igor Sergeev bo'lajak o'yinlar oldidan fikrlarini bildirib o'tdi.

- Terma jamoa yig'ini boshlandi. Muhim uchrashuvlar oldidan tayyorgarlik qanday ketmoqda?

- Bugun yig'ildik. Terma jamoadagi atmosfera alo darajada. Rasmiy o'yinlarga tayyorgarlikni boshlaymiz. Jangovar ruhiyatdamiz.

- Raqiblarimiz Turkmaniston va Eron haqida gapirib o'tsangiz. O'zingiz ham ushbu terma jamoalarga qarshi ko'p marotaba o'ynagansiz.

- Eron kuchli terma jamoa ekanligini hammamiz bilamiz. Eron qarshi uchrashuvda 100 foiz emas, 1000 foiz ishtiyoq bilan o'ynash kerak. Turkmanistonga keladigan bo'lsak, ular ham yaxshi jamoa. Biz mehmonda o'ynaymiz va u erdagi maydon suniy qoplamaga ega. Raqiblar haqida ko'p gapirish mumkin, ammo birinchi navbatda o'zimiz ruhiy va jismoniy tomonlama tayyor bo'lishimiz kerak. Tashqi faktorlarga etibor bermasdan tayyorgarlik ko'rishimiz zarur.

- Suniy maydon haqida gapirdingiz. Hujumchi uchun suniy qoplamada futbol o'ynash qanchalik qiyin.

- Men uch mavsum Qozog'iston chempionatida to'p tepdim. Qozog'iston chempionatidagi 70 foiz stadionlar suniy maydonga ega. To'g'ri suniy qoplamada o'ynash noqulay, ammo men uchun bu yangilik emas. Qolgan futbolchilarga qanchalik qiyin bo'ladi bilmadim. Hozir "Jar"da tabiiy maydonda shug'ullanmoqdamiz. Bu to'g'ri qaror, sababi ancha salqin tushib qoldi. Jarohat olish xavfi ko'proq. Suniy maydon katta muammo bo'lmaydi deb o'ylayman. Biz barchamiz professionallarmiz va ushbu sharoitga tez ko'nikib ketishga harakat qilamiz.

- Tailand chempionati haqida gapirib o'tsangiz. Klubingiz va Tailand chempionati qay darajada ekan?

- Yangi klubim menga yoqyapti. Tailand chempionati bunday darajada bo'lishini kutmagan edim. Barcha sharoitlar yaratilgan. Men u erga o'tganimga bor yo'g'i 6 oy bo'ldi. Hali to'liq xulosaga kelishga ulgurmadim. Dastlabki taassurotlarimdan kelib chiqib ayta olamanki, Tailand chempionatining darajasi o'zimizning Superligadan kam emas.

- Qozog'iston chempionatida ikki mavsum avval chempion bo'lgan edingiz. Bu mavsum esa Bobir Abdiholiqov Qozog'iston chempionatida g'olib bo'ldi. Boburga Qozog'iston chempionati haqida nimalarni maslahat bera olasiz?

- Men Boburni tabriklayman. Faqatgina Bobur emas, hamyurtimiz SHahboz Umarov ham chempion bo'ldi. Men ular uchun xursandman va omad tilayman. G'oliblarni baholash noto'g'ri, ular chempion bo'lishdi. SHuning o'zi etarli.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика