Igor Sergeev: "Beyjing Goan" meni yaxshi qabul qildi"
18 iyu 2016 11:15
Yangiliklar
Igor Sergeev: "Beyjing Goan" meni yaxshi qabul qildi"
"Paxtakor" hujumchisi Igor Sergeev Xitoy Superligasi vakili "Beyjing Goan" klubiga ko'chib o'tdi.
Futbolchi yangi jamoasi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Paxtakor" meni Xitoy klubiga ijaraga berdi. Bundan albatta xursand bo'ldim. Klub meni yaxshi qabul qildi. Barcha meni qo'llab quvvatlamoqda. Hozircha til borasida biroz qiyinchiliklar bor. Ammo barchasidan qoniqayapman. Bundan tashqari jamoada do'stim Egor Krimec ham borligi menga ko'nikish uchun yordam bermoqda.
Rahbariyat ham o'yinlarga kelib futbolchilarga omad tilamoqda, bu albatta quvontirmay qo'ymaydi. Bir so'z bilan "Beyjing" yaxshi qabul qildi deya olaman, - deydi Igor Sergeev championat.asia saytiga bergan intervyusi chog'ida.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar