Igor Golban: "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yin og'ir bo'ldi"
15 may 2016 12:32
Yangiliklar
Igor Golban: "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yin og'ir bo'ldi"
"Navbahor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan so'ng mezbonlar himoyachisi Igor Golbanning fikrlari bilan qiziqdik.
Legioner futbolchi o'tgan yil qo'qonliklar safida o'ynagani ko'pchilikni yodida bo'lsa kerak.
"O'yin juda og'ir bo'ldi. Xarakter ko'rsatdik va yirik g'alabaga erishdik. Futbolda g'alaba va mag'lubiyat yonma-yon yuradi. O'tgan yilgi "Qo'qon-1912" va hozirgi "Qo'qon-1912"ni solishtirish qiyin. Lekin bugungi bahsga qarab aytadigan bo'lsak o'tgan yil jamoa biroz yaxshiroq edi", - deydi Igor Golban.
"Qo'qon-1912" matbuot xizmati
Fikrlar