Igor Akinfeev o'z anti-rekordini yangiladi
26 noy 2015 01:15
Yangiliklar


Igor Akinfeev o'z anti-rekordini yangiladi
CSKA darvozaboni Evropa chempionlar ligasi musobaqasida ketma-ket 32 o'yinda o'z darvozasidan gol o'tkazib yubordi.
Akinfeev o'z anti-rekordini yangilashda davom etmoqda. Endi bu ko'rsatkich 32 o'yinga tenglashdi.
Bu borada ikkinchi ko'rsatkich PSV jamoasining sobiq posboni Ronald Vaterresga tegishli. Ushbu darvozabon ketma-ket 16 uchrashuvda gol qo'yvorgandi.
Akinfeev Ronald Vaterresga tegishli bo'lgan anti-rekordni 2013/2014 yilgi mavsumda "Viktoriya Plzen"ga qarshi o'yinda yangilagandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar