So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  24 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  81 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  22 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

Ignatiy Nesterov: Eng, eng, eng... Yangiliklar

Ignatiy Nesterov: Eng, eng, eng...

Osiyo Kuboklarida 5 marta (2004, 2007, 2011, 2015, 2019) ishtirok etib, bu borada Osiyoning yagona futbolchisi hisoblanadigan Ignatiy Nesterov "eng" so'zi bilan bog'liq xotiralarni yodga oldi.

Malumki, Nesterov Osiyo Kubogida ishtirok etish bo'yicha qitamiz rekordchisi hisoblanadi. U beshta Osiyo Kubogida jami 17 bor terma jamoamiz darvozasini qo'riqlagan. 


Eng esda qolgan turnir 

- Osiyo Kubogi-2019ni eng esda qolgan musobaqa deya olaman. Bu har tomonlama yaxshi o'tdi. BAA o'zida musobaqani juda yuqori saviyada tashkil etdi. Tashkilotchilik tomonlama umuman muammo kuzatilmadi. 


Eng esda qolgan o'yin

- Eng esda qolgan bahs sifatida 2015 yil Avstraliyada bo'lib o'tgan Osiyo Kubogida Janubiy Koreyaga qarshi kechgan uchrashuvni aytgan bo'lardim. CHorak finaldan o'rin olgan mazkur bahs juda qiziq kechgandi. Biz oxirigacha kurashganmiz, faqat qo'shimcha bo'limlarda o'tkazib yuborilgan ikkita gol tufayli yutqazib qo'ygandik. 


Eng esda qolgan g'alaba

- Eng esda qolgan g'alaba ham 2015 yil bo'lgan. Guruh bosqichida Saudiya Arabistonini 3:1 hisobida mag'lub etgandik. Buni Osiyo Kuboklari tarixida eng yaxshi o'yinlarimizdan biri deb bilaman. 


Eng alamli mag'lubiyat

- Eng alamli mag'lubiyat o'tgan yil ro'y berdi. Avstraliya bilan 120 daqiqa yaxshi o'ynab yakunda penaltilar seriyasida yutqazib qo'ydik. Oldingi to'qnashuvlarda Avstraliyaga qarshi bu qadar ishonch bilan o'ynamagandik. Birinchi marta bu jamoani mag'lub etishga juda yaqin kelgandik. Afsuski, penaltilarda omadimiz kelmadi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика