So’nggi yangiliklar

19:00Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" – "Навбаҳор" 0:0 (матнли трансляция)  4 18:59Ўзбекистон кубоги. "Андижон" - "Сурхон" (матнли трансляция)  4 18:53Конференциялар Лигасига қура ташланди: "Челси" Қозоғистонга боради, "Бетис" Молдовага сафар қилади  0 18:35Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси U-20 Осиё Кубоги саралаш баҳсларида қатнашиш учун Хитой Тайпейига йўл олади  0 18:06Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Навбаҳор". Таркиблар маълум  10 17:55"Пахтакор" ва "Навбаҳор" "Жар"га етиб келди  3 17:39Машҳур инсайдер: Элдор Шомуродов "Рома"да қолиши аниқ  4 17:21"Пахтакор" Элит ОЧЛдаги учрашувларини "Жар"да ўтказади  6 17:03Европа Лигаси янги мавсумига қуръа ташланди: МЮ "Порту" билан, "Тоттенхэм" "Рома" билан ўйнайди  2 16:47Абдуқодир Ҳусанов — "Панатинаикос" - "Ланс" учрашувининг энг яхши футболчиси!  5 16:05Ўзбекистон терма жамоаси собиқ ҳимоячиси: "Жаҳон чемпионатига чиқишимизга ишоняпман. Бундан яхши имконият бўлмайди"   3 15:47"Пахтакор" ва "Навбаҳор" ўртасидаги Тошкентда ўтказилган охирги беш ўйинда нақ 32 та сариқ карточка кўрсатилган  3 15:28"Пахтакор" – "Навбаҳор", "Андижон" – "Сурхон" учрашувларини кимлар шарҳлаб боради?  12 14:58"Барселона" собиқ дарвозабони "Арсенал"га ўтмоқда  0 14:38Англия термаси ҳужумчиси "Челси" ва МЮ таклифини рад этиб, Саудия Арабистонига йўл олмоқда  0

"Iftixor": Kecha, bugun, ertaga Yangiliklar

"Iftixor": Kecha, bugun, ertaga

Teglar :  PRO-ligaIftixor
Mustaqillik sharofati bilan mamlakatimizda “millionlar o'yini” bo'lmish – futbol keng ko'lamda rivojlanmoqda, gullab yashnamoqda, desak mubolag'a bo'lmaydi.

SHu kunga qadar yurtimizda bir qator futbol maktablari, futbol akademiyalari tashkil etildi.

Xususan, Farg'ona viloyatida ko'plar futbol klubi faoliyatini boshladi. Bugungi kunda Pro-liga “A” guruhida viloyatimizdan uchta jamoaning qatnashayotgani bunga misol bo'la oladi.

Yoshlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, intilishlarini qo'llab-quvvatlash, ularni manan etuk, jismonan sog'lom bo'lib kamol topishlariga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida 2017 yil 11 mart kuni O'zbekiston yoshlari sharafini viloyat, respublika va xalqaro turnirlarda munosib himoya qilish maqsadida “Iftixor PFK” futbol klubi tashkil etilgandi. Qisqa fursat ichida ushbu jamoa o'z muxlislariga ega bo'ldi. Ozmi-ko'pmi, o'zbek futboliga o'z hissasini qo'shib kelmoqda. Bugungi maqolamizda “Iftixor” jamoasi haqida so'z yuritamiz.

Kecha
Oltiariq futboli tarixi uzoqlarga borib taqaladi. Ushbu tumandan buyuk (etuk) futbolchilar etishib chiqqan. Oltiariq xalkini millionlar uyinidan bahramand bo'lishiga va tumanda katta futbolni rivojlanishiga o'z kuch g'ayratini ayamay mehnat qilgan, bir so'z bilan aytganda, tuman futbolining tamal toshini Alisher Bozorboev qo'ygan desak mubolag'a bo'lmaydi. Bundan tashqari, “Neftyanik” (hozirgi “Neftchi”) va “Paxtakor” klublarida to'p surgan va muxlislar mehrini qozongan Viktor Varyuxin ham Oltiariq futbol maktabi tarbiyalanuvchisi sanaladi.

Katta stajga ega futbol ixlosmandlari oltiariqlik bo'lgan - Gennadiy Pisarev, Foziljon Hayitov, Tohir Rahimov, Rafaael Gaffarov, Baxtiyorjon Qahramonov, Tursunali Sotvoldiev va Muxtorali Turdialievlarni yaxshi eslashadi.

Oltiariq futboli tarbiyalanuchilari - Aleksandr Pisarev, Husniddin G'ofurov, Sardor Mirzaev, Doston Tursunov, Said Abdujabborov, Iqbol Boboxonov, Oyatillo Muhiddinov, Husniddin G'ofurovlar ham bugungi o'zbek futbolining rivoji uchun o'zlaring munosib hissalarini qo'shib kelishmoqda.

Bugun
Bugungi kunda jamoa olib borayotgan selekciya ishlari ham alo darajada yo'lga qo'yilgan.
Ushbu tumanning mo'jaz jamoasi yangi marralar sari qadam tashlashida “Iftixor” klubi rahbariyati bilan elkama- elka turgan Oltiarik xalqining ham hissasi katta bo'lmoqda.

Klub rabariyati o'zbek futbolini yuqori darajaga olib chiqish yo'lidagi harakatlarini ko'rib yanada ruhlangan holda yurtimiz futbolining yanada taraqqiy etish yo'lida munosib hassa qo'shish niyatida faoliyatini davom ettirmoqda.

“Iftixor” futbol klubi kelajakda yurtimiz sharafini jahon arenalarida munosib himoya qiladigan yosh futbolchilarni tarbiyalab, mamlakatimizning barcha yoshdagi Bosh jamoalariga munosib kadrlarni etkazib berishni, yoshlarni bir maqsad yo'lida birlashtirishga bel bog'lagani hech kimga sir emas. Ushbu maqsad yo'lida tinimsiz mehnat qilayotgan klub xodimlari bugungi kelib bir qator yutqlarga ham erishishdi.

Ertaga

Izlanuvchan, Yurt ravnaqi yo'lida tinib-tinichimay mehnat qilayotgan “Iftixor” klubi rahbariyati yuqorida tilga olganimizdek, ulkan rejalar asosida ish olib borishmoqda. Har qanday to'siq ularni o'z oldilariga qo'ygan maqsaddan qaytara olmaydi.

Jamoa asosan yoshlarga tayanadi. Jamoa safida qishloqning jaydari yigitlari to'p surmoqda. Ular orasida kelajakda O'zbekiston terma jamoasi safida to'p suradigan futbolchilar etishib chiqishiga ishonchimiz komil.


Jamoa erishgan yutuqlar
“Iftixor” futbol klubining tashkil topganiga ikki yildan oshiq vaqt o'tgan bo'lishiga qaramay, jamoa to'rt marta turli musobaqalarning finaliga qadar etib bordi.

Jamoa o'zining birinchi qadamlarini Farg'ona viloyat hokimi, viloyat Futbol associaciyasi prezidenti SH.M.G'aniev tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida 2017 yilda o'tkazilgan “Navro'z kubogi – 2017” futbol musobaqasida tashlagan edi. Ushbu turnirda oltiariqliklar 20 ta jamoa orasida kuchli 4 talikka kirishni uddalashdi. Aynan mana shundan keyin jamoadagi ishtiyoq yanada kuchaydi.

Natijada “Iftixor” jamoasi 2017 yili Farg'ona viloyat birinchiligida munosib qatnashib, 21 ta jamoa orasida chempionat yakuni bo'yicha faxrli 1-o'rinni egallab, "Farg'ona viloyati CHempioni" degan nomga sazovor bo'ldi.

O'tgan qisqa davr mobaynida jamoaga yaratib berilgan sharoitlardan kelib chiqqan holda “Iftixor” futbol klubi tarbiyalanuvchilari orasidan 7 nafari Toshkent shahriga D. Nuraliev murabbiyligidagi "O'zbekiston o'smirlar U-16" terma jamoasiga nomzod sifatida ko'rikka yuborilganligi va ko'rikka yuborilgan futbolchilardan 4 nafari, O'zbekiston o'smirlar (U-16) terma jamoasi tarkibiga qabul qilindi.
Ular 2017 yilning avgust oyida “Qozog'iston Prezidenti kubogi-2017" xalqaro musobaqasida ishtirok etishib, faxrli 3-o'rinni egallab bronza medali sohibiga aylanishdi. SHuningdek, 2017 yilning sentyabr oyida S.Arabistonida o'tkazilgan Osiyo CHempionati (U-16)da ishtirok etib qaytishdi.

Yana bir quvonarli jihati shundaki, Xitoyda bo'lib o'tgan Osiyo chempionati oltin medalga sazovor bo'lgan O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi tarkibida o'ynagan Husniddin G'ofurov ham “Iftixor” futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

2017 yilda jamoa Farg'ona viloyat kubogida ishtirok etib, finalga qadar etib bordi va hal qiluvchi bahsda mag'lubiyatga uchradi.

2018 yil esa “Iftixor” uchun muvaffaqiyatli boshlandi. Jamoa Farg'onada ananaviy tarzda o'tkazilib kelinadigan "Viloyat hokimi Kubogi-2018" xalqaro musobaqasida viloyat CHempioni sifatida ishtirok etib, guruh bosqichida 100 foizlik natija ko'rsatib, 3 o'yinda 3 g'alaba bilan muddatidan oldin musobaqaning final bosqichiga chiqdi va xalqaro musobaqa finalida Namangan viloyatining Navbaxor jamoasi bilan kuch sinashdi. Bu safargi final ham “Iftixor”ga omad keltirmadi.

SHuningdek, jamoa Andijonda o'tkazilgan “Viloyat hokimi kubogi - 2018" musobaqasida ham munosib ishtirok etib, mazkur musobaqaning finaliga qadar etib keldi. Hal qiluvchi bahsda oltiariqiklar yana mag'lub bo'lishdi.

“Iftixor PFK” futbol klubi O'zbekiston futbol associaciyasi, PFL Ijroiya Qo'mitasi Byurosining 2018 yil 23 fevraldagi 7-sonli Qaroriga asosan 2018 yilgi mavsumda O'zbekiston birinchiligi Pro-Liga va Kubok musobaqalarida munosib ishtirok etdi.

Jamoa o'tgan 2018 yilgi Pro-liga baxslarida ilk bor O'zbekiston yoshlar ittifoqi nomidan ishtirok etdi. Mavsum davomida O'zbek futboli rivoji uchun bir qator yo'nalishlarda O'FA va PFL bilan faol hamkorlik olib borganidan xabaringiz bor.

2019 yilgi mavsumni esa jamoa tarixiy g'alaba bilan qarshi oldi. “Iftixor” joriy yildan boshlab ilk bor tashkil etilgan "O'zPFL Kubogi-2019" musobaqasida qatnashib o'ziga bildirilgan ishonchlarini to'liq oqladi. Raqiblarni ketma-ket mag'lubiyatga uchratgan oltiariqliklar turnir finaliga chiqishdi. Natijada jamoaga 2019 yilgi mavsumda O'zbekiston birinchiligi PRO-A guruhida imtiyozli tarzda ishtirok etish yo'llanmasi taqdim etildi. Hal qiluvchi bahsda “Iftixor” raqibidan ustun kelib, finallardagi mag'lubiyatlar seriyasiga barham berish barobarida “O'zPFL kubogi”ning dastlabki g'olibi sifatida tarixda qoldi.


Yuksak marralar sari...
Jamoa mamlakatimizda futbolni rivojlantirish va unda yosh avlodga etiborni kuchaytirish uchun o'z oldiga qo'ygan maqsadlarga erishish yo'lida Professional futboldagi ilk mavsumidanoq grand jamoalar bilan faol hamkorlikni yo'lga qo'ydi, natijada yangi 2019 yilgi mavsumda yosh futbolchilari SH.O'rinboev - mamlakat chempioni "Lokomotiv", I.Aliboev - "Navbaxor", A.Komilov - "Qo'qon 1912", X.Muxammadov - "Neftchi" kabi jamoalar tarkibida to'p suradigan bo'ldi.

Bugungi kunda “Iftixor” futbol klubi 2019 yilgi futbol mavsumida O'FA Ijroiya qo'mitasi byurosining 2018 yil 16 noyabrdagi 17-sonli qarori bilan tasdiqlangan "O'FA va O'zPFL tomonidan o'tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublarini licenziyalash va professional futbol klubi maqomini belgilash bo'yicha reglament" talablarini bajarilishi hamda Pro-liga musobaqalarida munosib ishtirokini taminlash maqsadida PFL talablari asosida shakllantirish ishlari jadallik bilan amalga oshirilib kelinmoqda.

Bugungi kunda Klubda jami 40 nafar, 25 nafar futbolchi va 15 nafar murabbiy va ishchi xodimlar xizmat qilib kelishmoqda.

Jamoa murabbiy va futbolchilari oldiga ularga yaratib berilayotgan sharoit va imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanib, 2019 yilgi futbol mavsumida O'zbekiston birinchiligi, PRO-ligasida ham munosib ishtirok etib, nafaqat Farg'ona viloyati balki, butun O'zbekiston yoshlari sharafini ham munosib himoya qilish vazifasi qo'yildi.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi vasiyligidagi “Iftixor” futbol klubini 2019 yilgi futbol mavsumida O'zbekiston birinchiligi PRO-A ligasi, Kubok va xalqaro musobaqalarda mamlakatimiz yoshlari sharafini munosib himoya qilishi uchun O'FA tomonidan musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublarini licenziyalash va professional futbol klubi maqomini belgilash bo'yicha Reglament talablarini bajarilishi hamda Jamoani moliyaviy qo'llab-quvvatlash, titul homiy va hamkor tashkilotlarni biriktirish bo'yicha ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

“Iftixor” futbol klubi yurtimiz yoshlari sharafini respublika va xalqaro turnirlarda munosib himoya qilishi hamda mamlakat terma jamoalariga etuk zaxira kadrlarni etkazib berish uchun Klubning moliyaviy faoliyatini yaxshilash, o'zini o'zi mablag' bilan taminlash hamda kelgusidagi faoliyati va natijalarini yanada yaxshilash maqsadida "PFK Iftixor futbol Akademiyasi"ni, shuningdek, Jahon standartlari talabiga mos ravishdagi "Iftixor - sport-sog'lomlashtirish majmuasi" (Klub bazasi, sog'lomlashtirish va maxsus tibbiyot markazi hamda mehmonhona) qurilishi rejalashtirilgan.

Mazkur Futbol akademiyasi hamda sport-sog'lomlashtirish majmuasi qurib bitkazilishida Oltiariq tumanida investiciya mablag'lari olib kirilishi hamda 100 ga yaqin yangi ishchi o'rinlari tashkil etilishi ko'zda tutilmoqda.

Qolaversa, “Iftixor” klubi rahbariyatining asosiy maqsadlaridan yana biri shundaki, jamoa o'z uyinlari va erishayotgan natijalari orqali yon atrofdagi barcha yoshlarni, xususan, uyushmagan yoshlarni o'z atrofiga birlashtirib, ularni bugungi kunda Davlatimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan yuksak etibor va yaratib berilayotgan imkoniyatlardan to'g'ri va oqilona foydalanishlariga erishishdir. Bu borada «Iftixor» jamoasi
O'zbekiston yoshlar ittifoqi bilan faol hamkorlik kilmokda. Natijada yoshlarni yot g'oyalardan asrash, ularni mehnat orqali katta yutuqlarga erishish mumkinligiga ishontirish borasida ham keng ko'lamdagi ishlarni amalga oshirib borilmoqda. Klub rahbariyati hududlardagi cheka-chekka qishloqlarda istiqomat qiluvchi iqtidorlarni kashf etish, chegaradosh tumanlardagi iqtidorli yoshlarni izlab topishga jiddiy etibor qaratmoqda. Bu yunalishda Klub kam taminlangan, boquvchisini yuqotgan hamda yot g'oyalar tasiri bilan chalgigan yoshlarni o'z tarkibiga olib, ularning iqtidorlarini ro'yobga chiqarishga ko'maklashmoqda.

Jamoa vakillarini ko'lga kiritgan g'alabasi bilan O'zbekiston yoshlar ittifoqi
Markaziy Kengashi raisi hamda O'zbekiston yoshlari etakchilari nomidan Markaziy Kengash raisining o'rinbosari Begmat Axmatovich Ochilov va Yoshlar ittifoqining bir qator vakillari tabriklab jamoaning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar
tiladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика